Fathulloh Gulen kim edi?
Kuni kecha 2016 yil Turkiyadagi davlat toʻntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida ayblanib kelinayotgan, terror tashkiloti deb eʻʻlon qilingan – FETO etakchisi, voiz Fathulloh Gulen dafn etildi. Uning “ilohiy missiyasi” nimalardan iborat edi? Gulenning Oʻzbekistonga qanday aloqasi bor? Gulen qanday qilib Turkiya boshqaruvigacha kirib bora oldi – tahliliy maqola.
2016 yil Turkiyadagi
davlat toʻntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida ayblanib kelinayotgan, terror
tashkiloti deb eʻʻlon qilingan – FETO etakchisi, voiz Fathulloh Gulen vafot etdi.
83 yoshli Gulen
1999 yildan buyon AQShda yashab kelayotgan edi. Uning oʻlimi haqidagi maʻʻlumotni
jiyani Abu Salama Gulen ham tasdiqlagan. Maʻʻlum qilinishicha, Fathulloh Gulen 20
oktyabrʻ kuni Pensilʻvaniya shtatidagi klinikalardan birida jon bergan.
Xoʻsh, 250
dan ortiq odamning
halok boʻlishi, 2,2
ming kishining
jarohatlanishiga sabab boʻlgan
toʻntarishning asosiy aybdori deb aytilayotgan minglab kishilarni ortidan ergashtira
olgan Fathulloh Gulen kim edi? Gulen asos solgan yirik tashkilot va uning Oʻzbekistongacha
etib kelgan gʻoyalari haqida nimalar maʻʻlum? Hozir shu haqda gaplashamiz.
Tugʻilish va “ilohiy missiya”
Ajablanarlisi, Fathulloh Gulenning tavallud sanasida ham biroz chalkashliklar
mavjud. Rasmiy maʻʻlumotlarga koʻra, Gulen 1941 yil 27 aprelʻ kuni Turkiyaning Erzurum viloyati Hasanqalʻʻa tumani
Koruchuk qishlogʻida tugʻilgan. Uning otasi Ramiz bey masjid imomi edi.
Internetdagi sahifasida esa Gulen 1938 yil 10 noyabrʻ – Mustafo Kamol Otaturk oʻlgan
kuni tugʻilganini qayd etadi. U mazkur chalkashlikni izohlab: "Tugʻilganimdan
soʻng, otam meni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Hasanqalʻʻaga borgan, biroq masʻʻul xodim
Fathulloh ismini yozishdan bosh tortgani uchun bu jarayon kechikib ketadi",
deydi.
Unga
koʻra, 1942 yilda Gulenning otasi u va 2,5 yildan keyin dunyoga kelgan oʻgʻlini
tanish-bilishlari orqali roʻyxatdan oʻtkazishga muvaffaq boʻladi. Biroq guvohnomada u
va ukasining maʻʻlumotlarini yozishda xatoga yoʻl qoʻyiladi. Oqibatda Gulenning
tugʻilgan yili rasmiy hujjatda 1942 yil ekani koʻrsatiladi.
Tugʻilish
mojarosi shu bilan tugamaydi. 1959 yilda Edirna muftiyligiga intilgan Gulen yoshi
oʻn ettidaligi va harbiy xizmatni oʻtamagani uchun rad etiladi. Davlat xizmatchisi
boʻlish uchun sudga murojaat qilgan boʻlajak voiz nihoyat tugʻilgan sanasini 1941
yilga oʻzgartiradi. Muftiy boʻla olmagan Gulen "Uch Sherefeli" jomeʻʻ
masjidiga imom etib tayinlanadi.
U oʻz hayotiga
oid “Kichik dunyom” asarida dunyoga kelishini Mustafo Kamol Otaturkning vafot etgan
kuni bilan bogʻlaydi. U tugʻilganidan ilohiy topshiriq berilgan – “tanlangan odam”
qiyofasini yaratish uchun yoshligidan islomiy tarbiya olganini, shaxsiyatining
rivojlanishiga Usmonli tsivilizatsiyasi taʻʻsir qilganini qoʻshimcha qiladi.
Jumladan,
uning Hasanqalʻʻada Xoji Sitqi afandidan tajvid saboqlarini olgani va 12 yoshidayoq
Qurʻʻonni yodlaganini oʻqish mumkin. Gulen ilk tajribasini Erzurumning turli
qishloqlarida nutq soʻzlashdan boshlagan. 1955 yil Ramazon oyida boʻlajak voiz minbardagi
birinchi nutqini irod qiladi.
Fathulloh
Gulenning oʻz hayotiga oid “Kichik dunyom” kitobi uning oʻz oldiga qoʻygan vazifasini
batafsil oʻrganish uchun muhim. Asarda uning yoshligidan to FETO tashkilotining
poydevori qoʻyilishigacha boʻlgan davri yoritilgan.
Oʻzini ilohiy
vazifani bajaruvchi – “Imom”, “Hojiafandi” sifatida tasvirlashga uringan Gulen
asarda ota-onasi tomonidan ajdodlari sayyidlar (taxminan paygʻambar
avlodlari)dan ekanligini aniq aytmasa-da, shunga ishora qiladi.
Gulenning
birinchi toʻntarish tajribasi
Edirnada 2,5 yil imomlik qilgan Gulen armiyaga ketadi. Gulen Anqara, Mamak
shaharlarida harbiy xizmatni oʻtaydi;1960 yilgi harbiy toʻntarish paytida ham u oʻsha
erda boʻladi. Gulenning Talat Aydemir boshchiligidagi ushbu toʻntarish bilan bogʻliqlik
xotiralari ham juda qiziq. Bu xuddi 2016 yil 15 iyuldagi davlat toʻntarishiga
urinish paytini eslatadi.
Kelajakda
yana boshqa isyonlarni boshqargan Gulenning oʻsha davrdagi faoliyati ham eʻʻtiborli; u oʻz
asarida Edirnada prokuror va sudʻyalar, jumladan, viloyat xavfsizlik xizmati
rahbari bilan yaqin aloqada boʻlganini yozadi. 20 yoshida uning bunday natijaga
erishishi gʻayrioddiy tuyulsa-da, Gulen aslida bundan oldinroq xavfsizlik xodimlari
bilan oshno tutingan. Jumladan, 17 yoshida Erzurumdan Edirnaga yoʻl olgan Gulen, oʻz
taʻʻbiricha, “otasining yaqin doʻsti”, Erzurum viloyati deputati Mustafo Zeren bilan
bir muddat Anqarada qoladi. Mustafo Zeren uning Din ishlari qoʻmitasi
imtihonlariga qabul qilinishi uchun yordam beradi. Bundan tashqari, Zeren “doʻstining
oʻgʻli”ga hali Anqarani tark etmasidanoq ushbu imtihon natijalari haqida xabar bergan.
Gulen asarida 18 yoshidayoq Edirnadagi xavfsizlik xodimlari, sudʻyalar va
prokurorlar bilan tanish boʻlganini tan olgan.
Eʻʻtiborlisi,
unga armiyada ham radio operatori sifatida razvedka missiyasini bajarish
topshiriladi. Bu bilan u armiya ichidagi barcha suhbatlarni tinglash imkoniyatiga ega
boʻladi. Gulenning harbiy xizmatni oʻtash davomida olgan koʻnikmalari keyinchalik terror
tashkilotini tuzishda yaxshigina yordam beradi.
Armiyadan
keyingi hayot: “Nurchilar” sari qadam
Armiyadan keyin Erzurumga, u erdan Edirnaga qaytgan Gulen vaʻʻzlari bilan mashhur
boʻladi. Gulen «Dor-ul-Hadis» masjidida faxriy imom sifatida xizmat qilayotganida
ilk bor talabalarga dars beradi. Bir muncha vaqt oʻtgach, uning faoliyatida isyonkorlik
alomatlari topilib, uning vaʻʻz qilishiga taqiq qoʻyiladi. Oʻsha paytdagi Edirna
viloyati gubernatori Farid Kubat Gulenni noqonuniy harakatlarda ayblagan edi. Shunga
qaramay, Gulen aytganidek, uni “qandaydir qoʻl” barcha mojarolardan suv yuqtirmay
olib chiqib ketadi.
Edirnadan Kirklareli shahriga qochgan Guler bu safar mahalliy masjidlarda vaʻʻz oʻqishni
boshlaydi. Xuddi shu davrda Gulen Said Nursiyning izdoshlari –
"Nurchilar" firqasi bilan yaqinlashadi. Maʻʻlumot uchun, ushbu firqa
asoschisi “Badiuzzamon” Said Nursiy (1878-1960 y.y.) Usmonli xalifaligi
tugatilib, uning oʻrniga tashkil etilgan Turkiya Respublikasi tuzumiga qarshi
chiqqani uchun, 1950 yillargacha – taxminan 25 yil surgunda va qamoqda hayot
kechirgan. Bu yillarda u oʻzining mashhur
“Nur” risolalarini yozgan.
1963-1966
yillarda Gulen Edirna va Kirklareli masjidlarida oʻqigan maʻʻruzalari orqali
aholining konservativ qismi orasida koʻzga koʻrinib, hurmatli shaxsga aylanadi.
Lekin Gulen "Nurchilar" bilan qanchalik osh-qatiq boʻlmasin, aynan ushbu
firqa taʻʻlimotini emas, balki oʻzining oʻzgartirilgan gʻoyalarini yoyishga harakat
qiladi. Vaqt oʻtishi bilan Gulenning bu qarori “Nur jamoati” bilan munosabatlari
sovushiga sabab boʻladi. Biroq u ushbu firqa aʻʻzolari bilan jiddiy qarama-qarshilikka
bormaydi.
Mashhurlik
va FETO’ning birinchi uyi
1966 yilning mart oyida Gulen oʻzi istamagan holda Izmirdagi Kestane Pazari
masjidi voizi etib tayinlangan. Keyinchalik, u hayotidagi muhim voqea boʻlgan FETO
terror tashkilotining poydevorini ham aynan shu shaharda qoʻydi.
U
Izmirning markaziy voizi etib tayinlangach, har juma kuni masjidda nutq soʻzlay
boshladi. Dam olish kunlarida Aydin, Odemish, Tire, Salihli, Denizli va Isparta
kabi yaqinroqdagi shahar va tumanlarda jamoaviy suhbatlar oʻtkazdi.
Izmirda
imomlik qilgan davrida Gulen oʻta gʻarbona hayot kechiruvchi odamlar bilan ham
bordi-keldini yoʻlga qoʻydi. Aytish mumkinki, u bu erdagi faoliyati uning turli
segmentlarga yoʻl topa olish qobiliyatini yuzaga chiqardi. Shu tufayli ham Gulen tez
orada mashhurlikka erishdi.
Avvaliga uzoq joylarga maʻʻruza oʻqish uchun jamoat transportida borgan Gulen, qisqa
vaqt ichida, atrofiga muxlislarini yigʻishga muvaffaq boʻlgach, toʻrtta mashinadan
iborat karvon bilan dasturlarini davom ettirdi.
Gulen
turli joylardan er sotib olish, bino qurish uchun pul yigʻish orqali uzoqqa bora
olmasligini tushunib etadi. Shundan soʻng, u yangi strategiya ishlab chiqdi: tashkilotining
tez oʻsishiga imkon beradigan “Himmat” tuzilmasini yaratdi.
Gulen “odamlarni
bir joyga yigʻib, oʻzaro ragʻbatlantirish orqali koʻproq pul yigʻsa boʻladi”, degan
qarorga keldi. “Imom”ning bu taklifi yordamchilari tomonidan soʻzsiz qabul qilindi
va birinchi xayriya yigʻilishi oʻtkazildi.
“Haqiqat”
jamgʻarmasi asoschisi Oʻmer Oʻngut Gulenning mablagʻ yigʻish usullari va u asos solgan
tuzilmani quyidagicha taʻʻriflaydi:
“Bir
tomondan iftorlik qilamiz, deb oʻlja yigʻishyapti. Bir tomondan gʻozdek xalqning
patini yulishyapti. Boshqa tomondan, ular oʻzboshimchalik bilan pulni isrof qilishadi.
Bu ham harom, u ham harom; Ulardan qaysi biri Islomga toʻgʻri keladi? Siz odamlarni
kechki ovqatga taklif qilasiz, kelganlardan yoki vekselʻ sotib olganlardan pul
yigʻasiz. Bilasizmi, siz din peshvosisiz, lekin Xudodan qoʻrqmaysiz. Xalqdan ham uyalmaysiz”.
Shu zayl
terror tashkilotining birinchi uyi 1968 yilda muftiy Ahmad Karakullukchuning
taklifi bilan Izmirda ochiladi.
Fathulloh
Gulenning Turkiya boshqaruvigacha choʻzilgan “uzun qoʻli”
Orada Gulen
yangi “Fathullohchilar” jamoasini tashkil etadi. Uning kassetalarga yozilgan
nutqlari koʻplab shaharlarda tarqatiladi. Shunday qilib, bir tomondan
tarafdorlarini koʻpaytirish, ikkinchi tomondan tashkilot uchun yangi daromad
manbasini topish imkoni paydo boʻladi. Bu usul baʻʻzi doiralarda norozilik uygʻotgan
boʻlsa-da, Kamol Erimez, Nuriddin Veren, Mustafo Birlik, Ilhan Ishbilen, Sahit
Tuzju, Bekir Akgin, Mustafo Asutay singari taniqli shaxslar ushbu jamoaga qoʻshilishiga
xizmat qiladi.
Shubhasiz,
Gulen eng koʻp eʻʻtibor bergan markaz “Nur uylari” edi. Uylar tashkilotga yoshlar,
bilimdonlarni jalb qilishda beqiyos hissa qoʻshgan. Voizning taʻʻbiricha, “bu uylar
“Oltin avlod” urugʻlari ekilgan joylarga aylanadi”.
Koʻp oʻtmay
tashkilot kuchayib, Gulen timsoli boʻlgan “Fathullohchilik” tushunchasi birinchi
oʻringa chiqadi.
Shu tariqa Izmir-Manisa-Balikesir mintaqasida samarali tuzilmani shakllantira
boshlagan Gulen mahalliy savdogarlar va biznes egalari orqali moliyaviy taʻʻminotini
yoʻlga qoʻyadi. Unga moddiy yordam koʻrsatganlar orasida hatto “Adolat” partiyasi
vakillaridan biri Ali Nail Erdem ham bor edi. Izmir shahri 1972 yilga kelib
Gulen qurayotgan tashkilotning markaziga aylanadi va “Akyazili fondi” tuziladi.
Jamgʻarma orqali tashkilot universitet talabalarini “Nur uylari”ga jalb qilishga harakat
qiladi. Qisqa vaqt ichida fond oʻquvchi va talabalar tez-tez kelib turadigan, shu
bilan birga stipendiya oladigan markazga aylantiriladi.
Turli xayr-ehsonlar tufayli fond va tashkilot rivojlana boshlaydi. Ayni paytda ularning
asosiy daromad manbalari tadbirkorlarning yordami va fondga tuhfa etilgan
qurbonlik hayvonlarining terisi hisoblangan. Bu davrda “Akyazili fondi” qoshida
oʻquv kurslari ochiladi. Qisqa vaqt ichida bu kurslar Turkiyaning boshqa hududlarida
ham faollashadi. “Yaxshi ish” homiyligida uylarga qobiliyatli va bilimdon maktab
oʻquvchilari jalb qilinadi. Shu tarzda, tanlab olingan yoshlar keyinchalik tashkilot
maqsadlariga xizmat qiladigan “oltin avlod”ga aylantiriladi.
1972 yildan boshlab talabalar va oʻquvchilar uchun “moslashuv lagerlari” ham tashkil
etilgan. Shundan soʻng, Gulen oʻz tashkiloti orqali yaratishi mumkin boʻlgan yangi
ijtimoiy tuzumni tasavvur qila boshlaydi. Ushbu rejaning amalga oshirilishi
bevosita oʻziga sodiq avlodni yaratish bilan bogʻliq edi.
1980-1990
yillar oraligʻida Turkiyada 20-30 ga yaqin “Gulen maktablari” ochilgan boʻlsa, 2000 yillarning
boshlarida ularning soni mingga etadi.
“Fathullohchilik”
gʻoyalariga sodiq talabalar keyinchalik jamoa rejasiga muvofiq hukumat
tuzilmalariga kirishi maqsad qilingan. Gulen va doʻstlari tomonidan tuzilgan
rejaning bu qismi muvaffaqiyatli amalga oshdi.
FETO uchun qoʻllaniladigan “parallelʻ davlat” atamasi uning koʻlamini tasavvur
qilishga yordam beradi: Gulenning izdoshlarini hamma joyda koʻrish mumkin edi:
davlat tashkilotlarida, vazirliklarda, armiyada, politsiya va xavfsizlik xizmatida,
OAVda, universitetlar va taʻʻlim muassasalarida, banklarda, katta-yu kichik
korxonalarda, sport va sanʻʻatda. Ularning qoʻli juda uzun edi. Fathulloh Gulen
1960-yillarda asos solgan harakat 2000-yillarga kelib qoʻlida milliardlab dollar
aylanadigan guruhga aylandi. Guruhning oʻz maktablari, universitetlari,
kasalxonalari, korxonalari va banki bor edi.
Gulen masonlik qasamyodini qabul qilganmi?
Fathulloh Gulenning masonlar bilan aloqasi 1969 yildan boshlangan. Masonlik
qasamyodi va buyuk xizmatlari uchun mukofoti bu doʻstlikni yanada mustahkamlagan.
1972-1976 yillar oraligʻida Fathulloh Gulenga Ilhom Madenoʻgʻli, Orxan Demiriz,
Onnik Karakash va Huseyin Yavuz kabi masonlikni qabul qilgan amaldorlardan
taklifnomalar joʻnatiladi.
2015 yilda Yeni Shafak nashri Fathulloh Gulenning “parallelʻ tuzilma” bilan
bogʻliq ilgari nomaʻʻlum boʻlgan aloqalarini ochib bergan hujjatlarni chop etdi.
1974 yil 21 apreldagi “kotib Orxan Demiriz” tomonidan imzolangan taklifnomada:
“Aziz birodar, Fathulloh Gulen. 1974 yil 10 may, juma kuni soat 19:00 da
ogʻa-inilarcha mehr va ehtirom bilan boʻladigan yigʻilishimizga tashrif buyurishingizni
soʻrayman”, deb yozilgan.
Bundan tashqari, 1969 yil 17 iyuldagi hujjatda Fathulloh Gulenning masonlar lojasi
tomonidan “Buyuk xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangani ayon boʻladi.
Hujjatning yuqori qismida “Search Muh: Lo:” iborasi mavjud va “116” raqami qayd
etilgan.
Oʻzbekistondan quvilgan “Turk litseylari”
1989 yilda Sovet
Ittifoqi parchalana boshlaydi va shu tariqa ikki qutbli dunyo tartibi vayron
boʻlgach, Osiyoda siyosiy boʻshliq hukm suradi. Ayniqsa, mustaqil turkiy davlatlar
vujudga kelganidan keyin yangi tartib vujudga keldi. Aynan oʻsha paytda Gulen
xorijda ham yangi ish boshlashga buyruq beradi. Oldin Germaniya va Gollandiyada
faoliyat yurita boshlagan tashkilot aʻʻzolari, asosiy tashqi strategiyasini Markaziy
Osiyoda amalga oshirishga qaror qiladi. 1989 yilda gulenchilar yangi gʻoya asosida
Osiyoga “hujum” boshladilar. Oʻzbekistonliklar ularni “Nurchilar” nomi bilan
taniydi. 90-yillarning boshida Fathulloh Gulenning “fatvo”si bilan gulenchilar
yurtimizda ham litseylar ochgan edi.
“Turk litseyi” deb nom olgan oʻquv dargohlariga mamlakatning barcha
hududlaridan salohiyatli va iqtidorli talabalar tanlab olingan. Bu dargohlarda
ingliz tilini oʻrgatuvchi muallimlar, aslida AQShning maxsus xizmatlarining
xodimlari AQSh fuqarolari boʻlgan. Turk razvedkasining sobiq hodimi Osman Nuri
Gyundesh oʻzining chiqishlaridan birida, 90-yillarda “Nurchilar” harakatining asosiy
idorasi AQShning Pensilʻvaniya shtatida joylashganini aytib oʻtgan.
Maʻʻlumotlarga
koʻra, dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridagi taʻʻlim maskanlarida faoliyat
koʻrsatayotgan uch mingdan ortiq oʻqituvchilariga 400 dan 1400 dollargacha oylik
berilgan. Xorijiy davlatlarda taʻʻlim maskanlarining ochilishiga jami 1 milliard
205 million AQSh dollari sarflangan. Ularning maqsadini oʻz vaqtida aniqlagan hukumat
2000-yillarda bunday litseylar faoliyatiga chek qoʻyadi. Shu tariqa Oʻzbekiston
gulenchilarning oʻquv muassasalarini yopgan dunyodagi ilk davlat boʻldi.
Bundan
tashqari, Turkiyaga oʻqishga yuborilgan oʻzbekistonlik talabalar ham chaqirib olinadi.
Gulenning Amerikaga qochishi
1999 yil 21 aprelda Jevdet Saral va Usmon Akning “Fathulloh Gulen va Nur
harakati” nomli hisoboti ortidan Gulen va u asos solgan tuzilmaga qarshi birinchi
jinoiy ish ochiladi. Avvalroq sogʻligʻi yomonlashgani sabab davolanmoqchi ekanini
aytib, AQShga ketgan Gulen shu koʻyi ortiga qaytmaydi. Keyinchalik Gulen oʻsha
paytdagi bosh vazir oʻrinbosari Bulent Ejevit unga AQShga borishni maslahat
berganini ochiqladi.
AQShga
koʻchib oʻtgach ham Gulen nutqlarini davom ettirdi. Bu chiqishlari uning veb-saytidagi
“Buzilgan test” boʻlimida nashr etila boshlandi. Shu bilan birga, u 1999 va 2008
yillar mobaynida AQShda yashashiga ruxsat olishi uchun uzoq kurashdi. Gulenning turli
xil viza arizalari rad etilganidan soʻng, u nihoyat 2006 yil noyabrʻ oyida “I-140”
nomi bilan tanilgan doimiy ish vizasiga murojaat qildi.
Ushbu vizani
olish uchun talabgor “juda kuchli qobiliyat” egasi boʻlishi kerak. Shu bois, viza
soʻrovini qoʻllab-quvvatlash uchun u sudga 30 ga yaqin maʻʻlumotnoma yuboradi.
2008 yil
4 iyundagi petitsiyaga nazar tashlaydigan boʻlsak, unga tavsiyanoma bergan taniqli shaxslar
orasida nafaqat Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlari, balki amerikalik olimlar
va nasroniylikning taniqli himoyachilari ham bor edi.
Ushbu ismlar
orasida avvalroq Markaziy razvedka boshqarmasi direktori lavozimida ishlagan va
keyinchalik nafaqaga chiqqan Jorj Fides ham bor edi. Roʻyxatda yana bir AQSh
Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi, Anqaradagi sobiq elchi Morton
Abramovich va AQSh Milliy razvedka kengashi aʻʻzosi sifatida yuqori lavozimga
koʻtarilgan Grem Fyullerni koʻrishimiz mumkin. Ular oʻz maktublarida ushbu
muassasadagi maktablarning yutuqlari va Fathullohning dinlararo muloqotdagi
faoliyatini yuqori baholashgan.
Gulen
2008 yil 16 iyulda Milliy xavfsizlik departamenti bilan kurashda gʻalaba qozonib,
AQShda yashash huquqini beruvchi Green Card’ni qoʻlga kiritdi. Bunga esa AQShning
muhim agentliklarida xizmat qilgan Fyuller va Abramovichning hissasi beqiyos boʻldi.
Fathulloh
Gulen AQShga koʻchib oʻtishiga qaramay, 2016 yilning 15 iyuliga qadar FETO’ning
Turkiyadagi mavqei kuchliligicha qoldi. Gulen umrining oxirigacha Pensilʻvaniya
shtatida yashadi. Davlat toʻntarishiga urinishdan keyin Gulenning koʻpgina izdoshlari
ham AQShdan qoʻnim topdi. Masalan, sobiq futbolchi va deputat Hoqon Shukur ham
Amerikaga joylashib, okean ortida oʻz biznesini yoʻlga qoʻydi.
2016 yil 15 iyulʻ tuni turklar uchun eng uzun va eng qora tun boʻldi. Mamlakatdagi
barcha davlat boshqaruv organlariga, huquq-tartibot va kuch ishlatar tizimlariga sizib
kirgan FETO aʻʻzolari, ayniqsa, qurolli kuchlar xalq saylagan qonuniy hukumatni
agʻdarish va tashqi gʻarazli kuchlar qoʻllovi ostida hokimiyatni qoʻlga kiritishni
istardi. Ularning bu rejasi amalga oshmadi va isyon 22 soat ichida bartaraf
etildi.
Xoʻsh, 15 iyuldagi davlat toʻntarishiga urinish qanday boshlandi? Oʻsha qorongʻu
kechada nima boʻlgandi?
2016 yil
15 iyulʻ kuni kechga borib, gʻayritabiiy faollik boshlandi.
Soat
21:30 da Bosh shtab qarorgohidan oʻq ovozlari eshitildi. F-16 qiruvchi samolyotlari Anqara osmonida pastlab ucha boshladi. Boʻlayotgan
voqea na harbiy mashgʻulot, na tashqi dushmanga qarshi harakatga oʻxshardi. Mamlakatni
gʻaraz kuchlardan himoya qilishi kerak boʻlgan armiya ichiga sizgan “Fathullohchi”lar
oʻz xalqiga qarshi rasman urush ochgandi. Oradan koʻp oʻtmay, Bosh shtab boshligʻi va
harbiy kuchlar qoʻmondonlari garovga olindi.
Nafaqat
Anqarada, balki Istanbulda ham xoinlar sahnaga chiqdi. Bosfor va Fotih, Sulton
Mehmet koʻpriklari oʻtish uchun yopildi.
FETO aʻʻzolari
ishga kirishgandi. Birinchi portlash ovozi soat 23:20 da, Anqaraning Goʻlboshi
tumanidan eshitildi. Isyonchilar oʻzlariga qarshi turishi mumkin boʻlgan politsiyaga
hujum qilgandi.
Oradan
biroz vaqt oʻtib, 16 iyulning dastlabki soatlarida ular yana bir muhim obʻʻektni
nishonga olishdi. Harbiy vertolyot Milliy razvedka agentligini oʻqqa tutdi.
Ayni
paytda, bir guruh forma kiygan isyonchilar Turkiya teleraradio kompaniyasi (TRT)
koridorlarida edi. Ular xodimlarni garovga oldilar va muassasaga olib kiruvchi
barcha yoʻllarni yopdilar.
Bu vaqtda
Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻon oilasi bilan Marmasirda edi va oʻsha erdan turib,
soat 00:24 da jonli efirga ulandi. Millionlab odamlarning diqqati unga
qaratilgan edi.
"Men
xalqimizni shaharlarimiz maydonlariga chaqiraman. Men ularni aeroportlarga
chaqiraman, odamlar aeroportlarda, maydonlarda toʻplansin. Oʻsha isyonchi guruhlar
oʻzlarining tanklari va artilleriyalari bilan kelishsin, odamlar u erda nima
qilishni oʻzlari yaxshi bilishadi", dedi prezident, jonli efirdagi nutqida.
Bu nutq davlat toʻntarishiga urinish dinamikasini oʻzgartirib yubordi. Xalq
koʻchalarga, maydonlarga otildi. Odamlar hech ham qoʻrqmay isyonchilarga qarshi turdi,
ularni toʻxtatish uchun tanklarning tagiga yotdi. Gulenchilar esa tinch aholini,
qurolsiz xalqni oʻqqa tuta boshladi. Shunday qilib, maydonlarni toʻldirgan xalqning
xoinlarga qarshi kurashi boshlandi.
Bu kurash
ertalabgacha davom etdi. Toʻntarish tashabbusining barbod boʻlishida xalqning
qatʻʻiyati katta rolʻ oʻynadi. Qoʻzgʻolon bostirildi, ammo qurbonlar bor edi. Muvaffaqiyatsizlikka
uchragan bu urinish uchun Gulen va uning “Fathullohchi terror tashkiloti” (turkchada
FETÖ – Fethullahçı Terör Örgütü) aybdor deb topildi. Davlat toʻntarishiga
urinishdan keyin zudlik bilan davlat organlarini “fetochilar”dan tozalash
operatsiyasi boshlab yuborildi. FETO’ga aloqadorligi aniqlangan minglab xodimlar
ishdan haydaldi.
Aytish
joizki, turk hukumati yillar davomida AQShdan Gulenning Turkiyaga topshirilishini
soʻrab keldi, biroq Vashington bu borada hech qanday aniq chora koʻrmadi.
Xulosa oʻrnida
Dunyo tarixiga
nazar tashlar ekanmiz, Sovuq urushdan keyin AQShni har jihatdan qoʻlga olgan yahudiy
lobbisi yanada kuchaydi. Ular Islom va musulmonlarni mavjud global tizim uchun
katta tahdid sanay boshladi. Jumladan, qulatilgan Usmoniylar xalifaligi markazi
hisoblanmish Turkiyada ham dinni cheklash va musulmonlarning uygʻonib qolishiga yoʻl
qoʻymaslik uchun turli hiyla va buzgʻunchiliklar sodir etildi.
Bundan
tashqari, Islomga qarshi urush “terrorizmga qarshi urush” nomi bilan NATO va boshqa
xalqaro tashkilotlarning asosiy strategiyasi sifatida belgilandi.
Shu bilan
birga, global tizim Islomni “jaholatparastlik” nomi bilan eng katta tahdid deb
eʻʻlon qildi. Bu orqali musulmonlar jamiyatining mavjudiyat sababi boʻlgan, tarix
yaratishiga imkon beruvchi islomiy identifikatsiyasini bostirish, ruhiy ildizlarini
quritishga harakat qilindi. Haqiqiy Islomga muqobil tarzda etnik
identifikatsiyalarni kuchaytirish, musulmonlar orasiga nizo urugʻini sochish, ularning
yurtini urush oʻchogʻiga aylantirish orqali bu erdagi tabiiy boyliklarni talash va
egalik qilish holatlari hozirgacha davom etmoqda.
Xuddi
shunday AQShning Islomni protestantlashtirish loyihasi sifatida nafaqat Turkiya,
balki xalqaro miqyosda ham faoliyat yuritgan FETO terror tashkilotini koʻrishimiz
mumkin. Bunday yoʻllar orqali Islom dushmanlari global tizimga teskari
kelmaydigan, real hayotdan uzoqlashtirilgan, individual eʻʻtiqod darajasigacha
tushiriladigan, qarshilik koʻrsatish imkoniyatlaridan mahrum qilingan, “chuchmal”
Islomni oʻylab topishga urinishdi.
Islom diyorlarini boshqarish, hatto qoʻshni musulmonlar qatliom qilinganda ham miq
etmaydigan, aksincha dushmaniga birodarlarini qirgʻin qilishda yordamlashadigan
hukumatlar va xalqlarni yaratish ushbu makkor loyiha natijalaridan biridir.