FETO etakchisi Fathulloh Gyulen AQShda vafot etdi
AQShning Pensilʻvaniya shtatidagi kasalxonalardan birida Turkiya 2016 yil iyuldagi davlat toʻntarishiga urinish tashkilotchisi sifatida ayblab kelayotgan FETO etakchisi, voiz Fathulloh Gyulen 83 yoshida vafot etdi. Anqara bir necha bor oʻzining NATOdagi ittifoqchisi AQShdan Gyulen ekstraditsiyasini talab qilgandi.
Turkiyada terror
tashkilot deb eʻʻlon qilingan FETO etakchisi, voiz Fathulloh Gyulen AQShda vafot
etdi. Bu haqda FETO’ga yaqin Herkul portali xabar berdi.
83 yoshli Gyulen
1999 yildan buyon AQShda yashab kelayotgan edi. Uning oʻlimi haqidagi maʻʻlumotni jiyani
Ebusseme Gyulen ham tasdiqladi, deya xabar qildi CNN Türk. Maʻʻlum qilinishicha,
Fathulloh Gulen 20 oktyabrʻ kuni Pensilʻvaniya shtatidagi klinikalardan birida
vafot etgan.
Turkiya
hukumati Gyulenni 2016 yil iyulida davlat toʻntarishiga urinishda ayblab keladi. Oʻshanda
ikki kun davom etgan qarama-qarshilik natijasida 250 dan ortiq odam halok boʻlgan,
2,2 ming kishi jarohatlangandi.
Anqara
bir necha bor oʻzining NATOdagi ittifoqchisi AQShdan Gyulen ekstraditsiyasini talab
qilgan, shuningdek, FETO tarafdorlarini oxirgisi javobgarlikka tortilguniga
qadar taʻʻqib qilishini bildirgan. Turkiyada Gyulen tarafdorlariga qarshi amaliyotlar
muntazam ravishda olib borilmoqda.