Molik ibn Dinor qanday tavba qilgan?
Molik ibn Dinordan tavba qilishiga nima sabab boʻlganini soʻrashdi. U bunday javob berdi: «Ilgari men oʻyin-kulgi va ichkilikka qattiq berilgan edim. Koʻngil xushi uchun bir joriya sotib oldim. Maʻʻlum muddat oʻtib, qizchalik boʻldik. Men qizimni juda yaxshi koʻrardim. Oʻsib-ulgʻayib emaklaydigan, keyin yuradigan boʻldi. Qachon men aroq ichmoqchi boʻlsam, u qoʻlimdan tortib olib, aroqni toʻkib yuborar edi. U ikki yoshga etgach, vafot etdi. Men qaygʻuda qoldim...
Shaʻʻbon oyi edi. Bir kuni yarim tunda ichib mast boʻlib uxlab
qolibman. Tush koʻrdim. Goʻyoki qiyomat qoim boʻlibdi. Qabrimdan chiqib kelibman.
Bunday qarasam, yonimda katta ajdar meni emoqchi boʻlib turibdi. Undan qoʻrqib
qochdim, u esa orqamdan quvlay boshladi. Har qancha tez chopsam ham, undan butunlay
qochib ketolmasdim. Qocha turib yoʻlda oppoq libosli munkillagan cholni uchratdim.
Unga:
«Ey otaxon, meni anavi ajdardan qutqaring. U meni emoqchi,
halok qilmoqchi», deb yalindim. U:
«Ey oʻgʻlim, men qarib, kuchdan qolganman, u mendan quvvatli,
unga kuchim etmaydi. Sen qochib, yoʻlingda davom etaver-chi, shoyad Alloh seni undan
xalos etsa», dedi. Men tezroq chopa boshladim. Ajdar ham izimdan qolmay kelar
edi. Yugura-yugura doʻzax tabaqalariga kelib qoldim. Doʻzax qizib, qaynab yotardi.
Unga tushib ketishimga bir oz qoldi. Shunda kimdir:
«Sen mening ahlimdan emassan», dedi. U erdan burilib, yana
qocha boshladim. Ajdar hamon quvlab kelar edi. Qocha-qocha koʻzni qamashtiradigan
nurli toqqa yaqinlashdim. Togʻda qasrlar boʻlib, ularning eshik va pardalari koʻzga
tashlanib turardi. Shu payt kimdir:
«Dushmani etib, halok etmasdan turib manavi bechorani
qutqaringlar!» dedi. Eshiklar ochilib, pardalar koʻtarildi, u erdan yuzlari oyday
bolalar chiqib kelishdi. Qizim ham ular bilan birga edi. Meni koʻrib, oldimga
tushdi. Oʻng qoʻli bilan ajdarni urgan edi, qochib ketdi. Keyin tizzamga oʻtirdi-da:
«Ey otajon, «Imon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning
zikriga va nozil boʻlgan haq (Qurʻʻon)ga moyil boʻlish (vaqti) kelmadimi?!» (Hadid
surasi 16-oyat) dedi.
«Ey qizim, sizlar ham Qurʻʻonni bilasizlarmi?» deb soʻrasam,
«Ha, sizlardan koʻra yaxshiroq bilamiz», deb javob berdi.
«Bu erda nima qilasizlar?»
«Biz musulmonlarning vafot etgan yosh bolalarimiz. Qiyomat
kunigacha shu erda sizlarni kutib yashaymiz».
«Ey qizim, meni quvlab, halok etmoqchi boʻlgan ajdar nima
edi?»
«Ey otajon, u sizning yomon amallaringiz. Uni kuchaytirib –
koʻpaytirib yubordingiz. Shuning uchun sizni halok qilmoqchi boʻldi».
«Haligi munkillagan chol kim edi?»
«U sizning yaxshi amalingiz. Uni zaiflashtirib – kamaytirib
qoʻydingiz. Shu bois uning yomon amalingizga kuchi etmadi. Allohga tavba qiling.
Halokatga duchor boʻladiganlardan boʻlmang», deb yuqoriga koʻtarilib ketdi. Men
choʻchib uygʻondim va darhol Allohga tavba qildim».
Ey birodar, xoh oʻgʻildir, xoh qizdir yoshligida vafot etgan
farzandning barakasini koʻrib qoʻying. Agar ota-ona savob umidida sabr qilar va
«Albatta, biz Allohning ixtiyoridamiz va albatta, biz Uning huzuriga
qaytuvchilarmiz», deyishar ekan, ular uchun Alloh vaʻʻda qilgan yana boshqa koʻplab
manfaatlar hosil boʻladi.
"Gunohi kabiralar" kitobidan