Foto: “Gazeta.uz”

Shubhasiz bayramlar farzand tarbiyasiga oʻz taʻʻsirini oʻtkazadi, bolani qadriyatlarni qabul qilishga, atrofdagilar, yaqinlari bilan munosabati shakllanishiga hissa qoʻshadi. Bolalikdagi bu unutilmas onlar bolaga hayotda ishonch bilan odimlashda yordam beradi. Bolalar uchun hayit bayramini zavqli oʻtkazishning 5 usuli.

Begʻubor bolalikning shirin damlari bayramda onajonimiz tayyorlagan lazzatli taomlaru oppoq bayram dasturxoni atrofida jamuljam boʻlgan qarindosh-urugʻlar bilan chambarchas bogʻliq.

Shubhasiz bayramlar farzand tarbiyasiga oʻz taʻʻsirini oʻtkazadi, bolani qadriyatlarni qabul qilishga, atrofdagilar, yaqinlari bilan munosabati shakllanishiga hissa qoʻshadi.

Bolalikdagi bu unutilmas onlar bolaga hayotda ishonch bilan odimlashda yordam beradi.

Dinimizda xatto bayramlarda ham juda katta hikmatlar koʻzda tutilgan.

Hayit musulmon kishi uchun Yaratganning roziligini qozonish, Unga boʻlgan muhabbat va shukrni ifodalash, nuridiydalarimizga bayramning mohiyatini anglatish va bu quvonchli kunlarni yanada intiqib kutishlari uchun ushbu ayyomni bor goʻzalliklari bilan koʻrsatib berish demakdir.

Bayramni yanada fayzli oʻtkazish uchun baʻʻzi tavsiyalarni siz bilan baham koʻrmoqchimiz:

1. Xonadonimizga bayram kayfiyatini kiritish

Bola kelayotgan bayram haqida eshitish bilan birga bu quvonchli kunga oʻzi ham tayyorgarlik koʻrish ishlarida ishtirok etishi juda muhim.

Farzandlaringiz bilan birga uyingizni qanday qilib bezash haqida bosh qotiring: Sharlar, plakatlar, gullar – bularning hammasi uyingizga bayram shukuhini baxsh etadi.

2. Bayram mohiyatini tushuntirish

Kichik yoshlaridanoq bolalar hayit faqatgina konfet va shirinliklarni toʻyib eyishu hayitliklar yigʻish kuni emasligini, aksincha, Qurbon hayiti butun insoniyat uchun muhim va ibratli kun ekanini bilishi shart.

Nuridiydangizga Allohga boʻlgan muhabbat va Uning amrlariga taslim boʻlishning timsoli boʻlgan Ibrohim alayhissalom qissasini hikoya qilib bering.

3. Sovgʻasiz bayram bayrammi?

Hayitga bir necha kun qolganda bolalaringizga; bobojon-buvijonlarga, yaqinlarga tabrik qogʻozlari va sovgʻa-salomlarni tayyolashni topshiring yoki ularni yordamga chaqiring.

Balki dilbandingiz ham anchadan buyon orzu qilib yurgan narsani sovgʻa tarzida olar. Axir hayit yaqinlarimizni xursand qilish uchun ajoyib imkoniyat.

4. Bayram dasturi

Koʻpincha hayit deganda noz-neʻʻmatga toʻla dasturxon atrofida chaqchaqlashib oʻtirgan kattalar va koʻchada shataloq otgancha hayitlik pullarini doʻkonchadan boʻlmagʻur narsalarni olishga sarflayotgan bolalar koʻz oldimizga keladi.

Bayram faqat qorin toʻydirishdan iborat boʻlib qolmasligi uchun avvalroq bolalar uchun moʻljallangan bayram dasturini tuzib qoʻying:

Quvnoq bellashuvlar:

uncha murakkab boʻlmagan viktorinalar bolalardagi energiya-quvvatni kerakli narsalarga yoʻnaltirishda juda qoʻl keladi.

5. HAYIT yaxshilik qilish kuni

Farzandingiz bu ajoyib kunning hikmatini his qilishi uchun xayru ehsonlarni muhtojlarga tarqatib chiqishda siz bilan birga ishtirok etishga undang. Bu bilan u yaxshilik qilishga kichik yoshidanoq odatlanadi va buning rohatini qalbida his qilishni oʻrganadi.

Ramazon hayitingiz muborak boʻlsin!

©Yaxshi ona

Mavzuga aloqador