Rossiya qoʻshinlari Ugledarga etib bordi
Rossiya
qoʻshinlari qariyb ikki yillik urinishlar va katta yoʻqotishlardan soʻng Ukrainaning Donetsk
viloyatidagi Ugledar shaharchasini egallash arafasida turibdi. Ushbu strategik muhim
shaharni himoya qilib kelayotgan ukrain gornizoni charchagan va dastakka muhtoj.
Ham
Rossiya, ham Ukraina harbiy blogerlari Ukrainaning Ugledar garnizoni qiyin va
xavfli vaziyatga tushib qolgani haqida yozmoqda. Rossiya qoʻshinlari Ukraina Qurolli
kuchlarining 72-brigadasini qurshab olish hamda uzoq vaqtdan beri vayronaga
aylangan kichik front shahrining sharqiy chekkasiga bostirib kirishga harakat qilmoqda.
Ikki
yildan beri Ugledarni himoya qilib kelayotgan Ukraina gornizoni charchagan va
qurshab qolish xavfi ostida, yordam yoki almashtirish imkoniyatlari qariyb yoʻq, degan
fikrda Forbes harbiy tahlilchisi Devid Eks.
“Ukraina
qurolli kuchlari bir vaqtning oʻzida Kurskka hujum qilmoqda, sharq va janubda
mudofaa qilmoqda. Ular juda choʻzilgan. Armiya tuzayotgan 14 ta yangi brigada esa
zamonaviy texnikaning keskin tanqisligini boshdan kechirmoqda”, - deb yozadi
ekspert.
Ukraina
va Rossiya telegram-kanallarida Ukraina Qurolli Kuchlarining Vugledardan chekinishi
mumkinligi haqida taxminlar ham bildirilgan, ammo bu hozircha toʻgʻridan-toʻgʻri yoki
bilvosita tasdiqlanmagan.
“Ugledarni
yoʻqotishning [Ukraina uchun] ahamiyati, agar bu sodir boʻlsa, katta boʻlishi mumkin”,
deb yozadi Ukrainaning Strana.Ua nashri.
“Ruslar
bu shaharni uzoq vaqt bosib olishga harakat qilishdi, ammo katta yoʻqotishlarga duch
kelishdi. Buning asosiy sababi shundaki, Ugledar tepalikda joylashgan boʻlib, uning
atrofida asosan dasht hududi joylashgan, dron va artilleriya uchun juda zaif. Shu
bilan birga, shaharning oʻzi uni himoya qilish uchun qulay boʻlgan tarzda qurilgan -
minimal xususiy sektor va koʻp qavatli kapital binolar, shuningdek, mustahkam
istehkomlarga aylantirilgan korxonalardan iborat", - deb taʻʻkidlaydi.
Strana.Ua.
Ugledar
katta strategik ahamiyatga ega. U tepalikda va ikki jabha – Donetsk viloyatidagi
Sharqiy hamda Zaporojʻe viloyatidagi Janubiy frontlarning tutash nuqtasida
joylashgan.
Shuningdek,
shahardan 18 km sharqda temir yoʻl izlari mavjud boʻlib, ular boʻylab rus armiyasi oʻz
qoʻshinlari va texnikasini Donetsk-Volnovaxa liniyasi boʻylab va janubga oʻtkazishi
mumkin.
Biroq
Ugledar Ukraina Qurolli Kuchlari nazorati ostida qolar ekan, toʻp artilleriyasi
ushbu muhim magistralda maqsadli hujumlarni amalga oshirishga qodir.