Qurʻʻoni karim - Allohning kalomidir. Undan bir qator gʻaybiy xabarlar ham oʻrin olgan boʻlib, ushbu gʻaybiy xabarlarga bagʻishlangan risolamizning toʻrtinchi qismida firʻʻavnning boshiga kelgan balolar haqida suhbatlashamiz. Toʻrtinchi qism videosini saytimizda tomosha qilishingiz mumkin.

“Firʻʻavn qavmini zora eslatma olsalar, deb (qahatchilik) yillariga va mevalarning taqchilligiga duchor etdik” (Aʻʻrof surasi, 130-oyat);

“Shundan keyin ular ustiga toʻfon, chigirtka, bit, baqalar va qon (balolari)ni aniq moʻʻʻjizalar sifatida yubordik. (Shundan) soʻng (ham ular) kibr qildilar. (Ular oldindan) jinoyatchilar qavmi edi” (Aʻʻrof surasi, 133-oyat).

Qurʻʻonning yuqoridagi va boshqa oyati karimalarida Firʻʻavn hamda uning qavmiga kelgan balolar keltiriladi. Toʻfon, chigirtka, bit, baqa va qon balosi sanab oʻtiladi. Yaʻʻni bunday: sarkashlik qilib, inkordan toʻxtamagan Firʻʻavn qavmiga Haq taolo qattiq jala yubordi. Sakkiz kecha, sakkiz kunduz davom etgan yomgʻir sababli hech kim koʻchaga chiqolmadi, Nil toshib, shiddatli sel uy-joylarni, ekinlar va hayvonlarni oqizib ketdi. Ofat paytida Firʻʻavn aʻʻyonlari hazrat Musoning oldiga kelib: “Rabbingga duo qil, bu baloni boshimizdan aritsin va biz senga ergashaylik”, deyishdi. Muso alayhissalom ularning iltimosini bajardi va duosining barokati ila toʻfon tindi. Lekin qavm baribir imon keltirmadi. Tutgan yoʻlidan bir qadam ham chekinmadi.

Shundan keyin Alloh taolo alomat va moʻʻʻjiza sifatida chigirtka balosini joʻnatdi. Ekinzor va bogʻlarning hosilini eb tugatgan zararkunandalar galasi odamlarning uylari, hatto kiyimlarining ichigacha kirdi. Ojiz qolgan aʻʻyonlar yana Muso alayhissalomning huzuriga chopishdi va oldingi gaplarini takrorlashdi. Hazrat Musoning duolari barokati bilan shamol kelib, chigirtkalarni uchirganicha daryoga uloqtirdi. Biroq qalb koʻzi koʻr boʻlgan Firʻʻavn va qavmi vaʻʻdasida turmadi.

Haq taolo bu safar qavmni bit bilan balolantirdi. Chigirtkalardan qolgan-qutganni egan hasharotlar odamlarning liboslariga kirib, qonlarini soʻrishardi. Aʻʻyonlar uchinchi marta kelib, ofatdan qutulishsa, Muso alayhissalomga imon keltirishlarini aytishdi. Hazrat Musoning duosidan keyin Alloh taolo hasharotlarni daf qildi. Qavm esa imon keltirish u yoqda tursin, Allohning paygʻambariga: “Sen sehrgarsan, bularning hammasini sehring bilan qilyapsan”, deyishgacha bordi.

Bu gal har tarafni baqa bosdi. Najot chorasi hazrat Muso ekanini bilgan saroy ahli iltimosini aytib, endi chindan ham imon keltiramiz, deyishdi. Nabaviy duodan soʻng yoqqan yomgʻir jamiki baqalarni dengizga olib borib tashladi. Qavm imon keltirdimi? Albatta, yoʻq! Shu tarzda qon balosini boshlariga oʻzlari chaqirib olishdi, hamma joydan, hatto ichadigan suvlaridan ham qon chiqib keldi.

Qurʻʻoni karimda bizga ibrat sifatida keltirilgan mazkur hodisalar haqidagi tarix kitoblarining bayonlariga quloq beramiz.

Oʻn toʻqqizinchi asr boshida Oʻrta Qirollik davridan qolgan Ipuver papirusi topiladi. 1909 yilda Niderlandiyaning Leyden muzeyiga olib borilib, ingliz misrshunosi Alan Gardiner tomonidan mazmuniga aniqlik kiritiladi. Mazkur papirusni yozgan Ipuver oʻzi guvoh boʻlgan voqealar haqida bunday deydi: “Falokatlar butun mamlakatni domiga tortdi. Har taraf qon, daryo ham. Kechagina koʻrgan narsalarimning hammasi yakson boʻldi. Erlar boʻm-boʻsh, xuddi haydab tashlangandek... Misrning quyi taraflari yoʻqlikka yuz tutdi. Butun saroy huvillab qoldi. qoʻlimizda hech narsa qolmadi: na bugʻdoy, na arpa, na gʻozlar va na baliqlar, hammasi ketdi...

Toʻqqiz kun davomida saroydan hech kimsa chiqmadi, birortasi u shaxsning yuzini koʻrolmadi.

Shiddatli oqimlar shaharlarni er bilan bitta qildi. Yuqori Misr vayronaga aylandi. Hamma joy qon, oʻlkada yuqumli kasalliklar tarqala boshladi.

Bugun hech kim shimolga, Biblosga bora olmayotir. Moʻmiyolarimiz nima boʻladi? Oltin tugab bormoqdi...

Odamlar suvdan qoʻrqib qolishdi. Suv ichib turib chanqashmoqda. Mana, suvimiz! Mana, tolemiz! Qoʻlimizdan nima kelardi? Hamma narsa xarob boʻldi. Shaharlar quladi. Yuqori Misr quridi. Bir daqiqa ichida yashash joylari xarobalikka yuz tutdi”.

Yigirmanchi asrda oʻqishga muvaffaq boʻlingan bu maʻʻlumotlarni eshitarkansiz, tanish oyatlar esingizga tushdi, shunday emasmi? Buning sababi esa papirusdagi yozuvlarning Qurʻʻondagi oyati karimalarga juda oʻxshashligi, Qurʻʻonda kelgan xabarlarni aynan tasdiqlashidir.

Unda savol bunday boʻladi: Firʻʻavn va qavmiga yuborilgan ofatlar haqida soʻzlayotgan papirusdagi maʻʻlumotlarning oyatlarga muvofiqligini Qurʻʻon Allohning Kitobi ekanligidan boshqa biror narsa bilan izohlash mumkinmi? Oʻqish-yozishni umuman bilmaydigan odamning oʻz-oʻzidan shunday narsalar toʻgʻrisida gapirishi ishonsa boʻladigan ishmi? Aslo! Inson bolasi bularni oʻz aqli bilan kashf etolmaydi. Shunday ekan, Qurʻʻoni karim odamzotning soʻzi boʻlishi mumkin emas. Hech shaksiz azal va abadning Sultoni, oʻtmish va kelajakni xuddi bitta sahifadek koʻrishga qodir Alloh taoloning kalomidir.

 

Mavzuga aloqador