Ukrainada urush boshlangan 2022 yilning fevralidan 2024 yilning mayigacha mamlakatda 2652 dan ortiq xorijiy kompaniyalar ochildi. Ushbu kompaniyalarning 274 tasi yoki umumiy koʻrsatkichning 10,1 foizini tashkil etgan oʻzbekistonlik investorlar turklardan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi.

Ukrainada urush boshlangan 2022 yilning fevralidan 2024 yilning mayigacha mamlakatda 2652 dan ortiq xorijiy kompaniyalar ochildi, deb xabar beradi “Opendatabot” platformasi.

Ukrainadagi xorijlik biznes egalari soni boʻyicha Turkiya fuqarolari etakchilik qilmoqda - ular xorijlik mulkdorlar ishtirokidagi korxonalar umumiy sonining 13,1 foizini tashkil qiladi. Turkiya fuqarolari jami 354 ta Ukraina kompaniyasini roʻyxatdan oʻtkazgan.

Ikkinchi oʻrinda 274 ta kompaniya ochgan Oʻzbekiston fuqarolari egallashdi, bu umumiy koʻrsatkichning 10,1 foizini tashkil etadi.

Polʻsha fuqarolari 193 ta korxona ochgan holda uchinchi oʻrinni egalladi, bu xorijiy mulkdorlar ishtirokidagi kompaniyalar umumiy sonining 7,1% ga toʻgʻri keladi.

Ular ortidan:

AQSh – 6,6%

Qozogʻiston – 5,6%

Germaniya – 4,5%

Ozarbayjon – 4,5%.

Mavzuga aloqador