Yunon orollaridan biriga dam olgani borgan 17 nafar qozogʻistonlik sayyoh tasodifan oʻrmonga oʻt qoʻyib yuborishdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Qayd etilishicha, 21 iyunʻ kuni kechqurun dam oluvchilar ijaraga olgan yaxtasidan qirgʻoq boʻylab salyut ota boshlagan. Buning oqibatida qaragʻay oʻrmonida yongʻin chiqqan. 

"Ular nima qilib qoʻyganini anglab etgach, yongʻinni oʻchirishga harakat qilgan va uddalay olmagach oʻt oʻchirish xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, juftakni rostlashgan", degan orol meri Georgios Koukoudakis.

Yongʻinni oʻchirishga 3 ta oʻt oʻchirish mashinasi va vertolyot jalb qilingan. Ayni paytda politsiya hodisa uchun javobgar 13 kishini qoʻlga olgan. Ularga nisbatan qanday ayblov qoʻyilayotgani ochiqlanmagan.

Mavzuga aloqador