Yunonistonda 100 yildan ziyod vaqtdan buyon yopiq turgan masjid qayta ochiladi
Gretsiyaning Saloniki shahridagi tarixiy Yeni masjidi 100 yildan ziyod vaqtdan buyon ilk bor Ramazon hayiti kuni musulmonlar ibodat qilishi uchun ochiladi. Rodos orolidagi XVI asrga oid Sulaymoniya masjidi ham bayram namozi uchun musulmonlarga beriladi.
Yunoniston hukumati mamlakatning ikkinchi yirik shahri hisoblangan Salonikidagi tarixiy Yeni masjidi 100 yildan
ortiq vaqtdan beri ilk bor 10 aprelʻ kuni Ramazon hayiti munosabati bilan
musulmonlar uchun ochiq boʻlishini eʻʻlon qildi. Rodos orolidagi XVI asrga oid
Sulaymoniya masjidi ham bayram namozi uchun musulmonlarga beriladi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha bosh
kotibiyat maʻʻlum qildi, deya xabar
bermoqda TRT.
“Din
ishlari boʻyicha bosh kotibiyat musulmonlarga Ramazon oyini mehr-oqibat, xayr-ehson
va xayrli ishlar oyiga aylantirishni tilaydi. [...] Ayniqsa, Rodos va
Saloniki viloyatlari uchun Sulaymoniya masjidi va Yeni masjidi 10 aprelʻ kuni musulmon
vatandoshlarimiz va mehmonlarimizning namoz oʻqishlari uchun foydalanishga topshiriladi”,
— deyiladi vazirlik bayonotida.
1902 yilda italʻyan meʻʻmori Vitaliano Poselli tomonidan
qurilgan Usmonlilarning Yeni
(Yangi) masjidi islomni qabul qilgan Saloniki yahudiylari uchun qurilgan
boʻlsa, Rodosdagi Sulaymoniya masjidi 1522 yilda barpo etilgan va sulton Sulaymon I nomi bilan atalgan. 1923 yil
Lozanna shartnomasi imzolangandan soʻng Gʻarbiy Frakiyadagilardan tashqari Gretsiyada yashovchi barcha
musulmonlar Turkiyaga koʻchiriladi.
Yunonistonda
musulmonlarning umumiy soni 100-140
ming kishigacha, Gʻarbiy Frakiyada esa aholining uchdan bir qismini tashkil qiladi.