o'rmon yong'inlari
- 01
Yunon orollaridan biriga dam olgani borgan 17 nafar qozogʻistonlik sayyoh tasodifan oʻrmonga oʻt qoʻyib yuborishdi. Dam oluvchilarning ijaraga olgan yaxtasidan qirgʻoq boʻylab otgan mushaklari sabab qaragʻayzor olovlangan. Yongʻinni oʻchirishga 3 ta oʻt oʻchirish mashinasi va vertolyot jalb qilingan. Ayni paytda politsiya hodisa uchun javobgar 13 kishini qoʻlga olgani aytilmoqda.