Tobeinlardan Mujohid ibn Jabr rahimahulloh aytadi:

"Qalbni inson kaftiga mengzatsa boʻladi; kishi bir gunoh qilsa qalbidan bir barmoq bukiladi, yana bir gunoh qilsa yana biri hatto, hamma barmogʻi bukilgach, mushtdek qotadi-da, keyin unga muhr uriladi..." Hilyatul avliyo kitobi, 3/282.

* * *

Makhul Dimashqiy rahimahulloh:

"Eng kam gunoh qilganlar eng qalbi yumshoq kishilardir". Imom Ahmadning Zuhd kitobi, 463-bet.

* * *

Umar ibn Solih rahimahulloh: "Ahmad ibn Hanbaldan soʻradim:

- Qalb nima bilan yumshaydi?

Menga qarab-qarab turgach, javob berdi:

- Nima bilan boʻlar edi, halol eyish bilan". Tabaqotul hanobila, 1/219.

* * *

Yahyo ibn Muoz rahimahulloh:

"Qalblar ozuqasi zikr (Allohning zikri), aqllar ozuqasi fikrdir". Tarixi Bagʻdod, 2/136.

* * *

Masruq ibn Ajdaʻʻ rahimahulloh:

"Kimki qalbi ichidagi kechinmalariga Allohni nazoratchi qilsa, Alloh uni xatti-harakatlarida muhofaza qiladi". Sifatus safva, 4/368.

* * *

Yahyo ibn Muoz rahimahulloh:

"Qalblar xuddi qaynab turgan qozonga oʻxshaydi, choʻmichlari esa tillardir. Kishining nima deyishiga boqing, chunki uning tili qalbida qaynab turgan narsani beradi: shirin boʻlsin, nordon boʻlsin, achchiq boʻlsin, chuchuk boʻlsin". Hilyatul avliyo, 10/63.

* * *

Ibrohim Xavvos rahimahulloh:

"Qalb davosi besh narsadir: Qurʻʻonni tadabbur ila (oyatlar magʻzini chaqib) oʻqish, qorinni xoli-och qilish, tungi namoz, sahargi tazarru, solihlar bilan oʻtirish". Zammul havo, 70-bet.

* * *

Ibn Rajab rahimahulloh:

"Taqvo va aksi boʻlmish fujurning asosi qalbdir. Qalb iffatli boʻlib taqvo qilsa, aʻʻzolar ham pokizalashadi, qalb buzilsa, aʻʻzolar-da buziladi". Jomiul ulumi val hikam, 1/229.

Ey Rabbim! Oʻzing qalbimizni isloh qil! Omin.

 Ustoz Cayfulloh Nosir

Mavzuga aloqador