6 dekabrʻ kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fors koʻrfazining ikki arab davlati: Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. TRT Haber xabariga koʻra, Rossiya rahbari BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, Saudiya Arabistoni Vazirlar kengashi raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Tashrifning qisqa muddatli xarakterini Rossiya prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakov «blits-tur» deb atadi. Hech qanday muhim kelishuvlar imzolanmadi yoki yangi siljish tashabbuslari eʻʻlon qilinmadi. Shu bilan birga, Ushakov safarning mohiyati "xalqaro hamjamiyat uchun signal" ekanligini taʻʻkidladi.

Tashrif yakunida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov suhbat asosan tijoriy hamkorlik haqida boʻlgani va “investitsion hamkorlik davom etishini” taʻʻkidladi.

BAAga tashrif

Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayan Putin bilan muzokaralar chogʻida energetika va texnologiya sohasidagi hamkorlikka alohida urgʻu berdi. “Biz uchun hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari innovatsiyalar, energetika, infratuzilma va zamonaviy texnologiyalar kabi sohalardir”, - dedi u.

Putin esa RF va BAA oʻrtasidagi rekord darajadagi savdo aylanmasiga alohida eʻʻtibor qaratdi. Oʻtgan yili tovar ayirboshlash hajmi 67,7 foizga oshdi. Bu yil, menimcha, bundan ham koʻproq boʻladi. Xuddi shu narsa investitsiya faoliyatiga ham tegishli”, - dedi u BAA prezidenti bilan uchrashuvda.

Bundan tashqari, Putin sayyohlik almashinuvi rivojlanayotganiga toʻxtaldi. “Oʻtgan yili BAAga Rossiyadan qariyb bir million - 900 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurdi”, - dedi u. Rossiya rahbari, shuningdek, BAAda rus maktabi ochilganini qayd etib, BAA prezidentiga ushbu mamlakatda pravoslav cherkovi qurilishiga joy ajratgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Rossiya prezidenti, shuningdek, Muhammad bin Zoid Ol Nahayanni kelasi yili Qozonda boʻladigan BRIKS sammitiga taklif qildi.

Shu bilan birga, Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Aleksandr Novak hamkorlikning bir qancha yoʻnalishlariga ishora qilib, ular orasida energetika sohasini alohida taʻʻkidladi. “Biz uskunalarni sertifikatlash va Rossiya uskunalarini BAAdagi loyihalarda qoʻllash boʻyicha qoʻshma loyihalar ustida ishlayapmiz, neftʻ va neftʻ mahsulotlari savdosi oʻzaro manfaatli asosda amalga oshirilmoqda”, — dedi u.

Bundan tashqari, Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Denis Manturov yaqin kelajakda EOII va BAA oʻrtasida erkin savdo shartnomasini imzolash boʻyicha muzokaralarni yakunlash istiqboliga ishora qildi.

“Yaqin kelajakda biz EOII va Amirliklar oʻrtasida savdo shartnomasini imzolash boʻyicha muzokaralar yakunlanishini kutmoqdamiz”, - dedi Manturov jurnalistlarga. U, shuningdek, Kizad sanoat zonasidagi qoʻshma loyihalar va Rossiyaning qimmatbaho “Aurus avtomobilining Amirliklar bozoriga kirishini eslatib oʻtdi.

Saudiya Arabistoniga tashrif

Putin va Bin Salmon Al Saud uchrashuvida koʻtarilgan mavzular qatorida neftʻ asosiy masala boʻldi. Peskov har ikki tomon ham energiya bozorining barqaror holati uchun masʻʻul ekanini tushunishini taʻʻkidladi. Shu bois OPEK+ doirasidagi hamkorlik muzokaralar markazida boʻldi.

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, oʻz navbatida, Rossiya bilan hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishi sifatida xavfsizlik masalasiga eʻʻtibor qaratdi. “Siyosiy hamkorlik sharofati bilan biz Yaqin Sharqda kechayotgan qator jarayonlarga ijobiy taʻʻsir koʻrsata oldik, bu esa mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash imkonini berdi”, — dedi u.

Rossiya prezidenti Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga ham Moskvaga tashrif buyurishni taklif qildi. Valiahd shahzoda ushbu taklifga rozi boʻldi. Ammo javob tashrifining tafsilotlari yoki sanalari hozircha maʻʻlum qilingani yoʻq.

Nihoyat, Putin oʻgʻitlar sohasida qoʻshma Rossiya-Saudiya kompaniyasini yaratish tashabbusini ilgari surdi. Arab davlati bu loyiha uchun tasodifan tanlanmagan: Saudiya Arabistoni oʻgʻitlar, xususan, fosfor va azotning yirik ishlab chiqaruvchisi va eksportchisi hisoblanadi. 2022 yilda qirollik fosfat oʻgʻitlari eksporti boʻyicha jahon bozorining chorak qismini egallash rejasini eʻʻlon qildi.

Putinning xorijga safarlari

Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoyat sudi tomonidan xalqaro qidiruvga berilganidan buyon ilk bor Rossiya bilan chegaradosh boʻlmagan mamlakatga tashrif buyurdi.

Putin oktyabrʻ oyida order chiqarilgandan soʻng ilk xorijiy tashrifini Qirgʻizistonga amalga oshirdi. Soʻngra oktyabrʻ oyida Xitoyga, noyabrda esa Qozogʻistonga tashrif buyurdi. Shuningdek, u Ukrainaning Moskva nazoratidagi hududlari boʻldi.

Putinning arab mamlakatlariga tashrifi tugashi bilan 7 dekabrʻ kuni Moskvada Eron prezidenti Ibrohim Raisi bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Maʻʻlumot uchun, BAA va Saudiya Arabistoni Xalqaro jinoyat sudining Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlar qatoriga kirmaydi, BAA esa shartnomani imzolagan, lekin ratifikatsiya qilmagan, deb yozadi «Kommersant».

Vladimir Putin BAAga IL-96 rusumli prezident samolyotida ikkitadan guruhlarga boʻlingan Su-35S rusumli jangovar samolyotlar qurshovida bordi. Mazkur jangovar samolyotlar havodagi nishonlarni urib tushirishga qodir R-73 va R-77 raketalari bilan jihozlangani koʻringan.

Mavzuga aloqador