Bombalar ostidagi Gʻazo: 123‑kunning asosiy voqealari
Isroil tomonidan Gʻazo sektorida qatliom boshlanganiga 123 kun boʻldi. Oʻtgan kunning asosiy voqealari dayjesti.
▪ 24
soat davomida bosqinchi Isroil Gʻazo sektoridagi Rafaksi (bu erda
bir milliondan ortiq qochqinlar bor), Xon Yunis va shimoliy hududlariga shafqatsiz
zarbalar berdi. Kun davomida bosqinchilar 13 ta qirgʻin sodir etdi, 113 kishi halok boʻlgan, 205 kishi
yaralangan.
▪ 7
oktyabrdan beri Isroilning Gʻazodagi hujumlarida 27 478 kishi, asosan ayollar va
bolalar halok boʻldi, 66 835 falastinlik yaralandi.
▪ YuNISEF:
Rafax shahrining yoʻl va koʻchalarida 1,3 millionga yaqin aholi, jumladan, 610
mingga yaqin bolalar yashamoqda.
▪ JSST: Gʻazo
shimolidagi Ahli kasalxonasi, uning atrofida janglar kuchayganligi sababli Shifa
kasalxonasining ahvoli yomonlashganidan soʻng yaradorlar oqimini qabul qildi. Ahli
kasalxonasi xodimlari holdan
toygan, bemorlar vaqtinchalik xonalarda davolanmoqda.
▪ Bosqinchilar
Gʻazo shimolida gumanitar
yordam uchun navbatda kutayotgan falastinliklarga oʻq uzdilar.
▪ Bosqinchilar
Gʻazoning shimoliy qismiga yoʻl olgan UNRWA oziq-ovqat yuk mashinasiga hujum uyushtirdi.
▪ Madrid UNRWAni qoʻllab-quvvatlashda davom etishini hamda agentlikka qoʻshimcha 3,8
million dollar yordam yuborishini
maʻʻlum qildi.
▪ Iordan
daryosining gʻarbiy sohilida bosqinchilar Nablus, Jenin, Erixo, Qalqilyaga bostirib
kirib, falastinliklar hibsga olindi. Xevronda ikki nafar 14 yoshli bola hibsga
olingan.
▪ Yamanning
Hudayda gʻarbida Hussiy dronlari hujumi
natijasida Britaniya yuk kemasi zarar koʻrdi. Shuningdek, Yaman harbiy kuchlari Qizil
dengizda Amerika va Britaniya kemalariga ham hujum qildi.
▪ Xitoyning
BMT Xavfsizlik Kengashidagi delegati: Yaqin Sharqda keskinlikning kuchayishiga
asosiy sabab Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga rioya qilinmagani.
▪ Bosqinchi
ommaviy axborot vositalari: Isroil harbiylari yaqin haftalar yoki oylar ichida
Livanga quruqlikdan bostirib kirishga tayyorlanmoqda.
▪ Bayden Isroilga
yordam berishda qonun
loyihasiga qarshi veto huquqidan foydalanishini maʻʻlum qildi.