Doha sammitida Fors koʻrfazi hamkorlik kengashi davlatlari rahbarlari Gʻazo sektorini qayta qurish uchun qoʻshimcha 1,6 milliard dollar ajratishga vaʻʻda berdi. Tashkilot kotibiyati saytida eʻʻlon qilingan bayonotda bu haqda soʻz boradi.

Xabarda qayd etilishicha, sammit ishtirokchilari 2009 yilda ishlab chiqilgan Gʻazo sektorini rekonstruktsiya qilish dasturi doirasida “qoʻshimcha 1,646 milliard dollar ajratish majburiyatini olgan”.

Doha deklaratsiyasida, shuningdek, mamlakat rahbarlari “toʻliq va barqaror oʻt ochishni toʻxtatishga erishish va Gʻazo aholisiga insonparvarlik yordami, yoqilgʻi, oziq-ovqat va dori-darmonlar oqimini taʻʻminlash uchun gumanitar sulhni zudlik bilan qayta tiklash zarurligini taʻʻkidlagani” aytiladi.

Kengash Isroilning Falastin hududlarini bosib olishini toʻxtatish va 1967 yilgi chegaralar ichida poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil Falastin davlatini barpo etish talabini takrorladi. Fors koʻrfazi mamlakatlari, shuningdek, "Falastin xalqining barcha qonuniy huquqlarini amalga oshirish maqsadida mojaroni hal qilish uchun xalqaro hamjamiyatning saʻʻy-harakatlarini ikki baravar oshirish zarurligini" taʻʻkidladi.

5 dekabrʻ kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan ham ishtirok etgan olti koʻrfaz davlati rahbarlari Falastin va kengroq Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatni muhokama qilish uchun Qatardagi sammitga yigʻildi.

Mavzuga aloqador