Illyustrativ foto


Italiyaning Monfalkone shahri musulmonlari diniy jamoatning jamoaviy ibodat qilishiga toʻsqinlik qilayotgan islomofob maʻʻmuriyatga qarshi kurashni davom ettirmoqda. Oʻta oʻng partiya merining buyrugʻi bilan noyabrʻ oyidan beri shahar musulmonlariga ikki islomiy markazda namoz oʻqish taqiqlangan. 

Taqiq sababli ayni paytda musulmonlar xususiy qurilish maydonchasida yigʻilib, ochiq joyda juma namozini oʻqishmoqda va shu oy oxirida boʻlib oʻtadigan sud majlisi qarorini kutishmoqda.  

Qurilish maydonchasida namoz oʻqiyotganlar orasida moʻminlarni juma namoziga mehmon qilishga rozi boʻlgan uchastka egasi Raja-ul-Haq ham bor, deb yozadi France24.  

“Menga ayting-chi, qaerga borishim kerak? Nega Monfalconeni tark etishim kerak? Men shu erda yashayman, shu erda soliq toʻlayman!” - deydi 2006 yilda Bangladeshdan kelib, Italiya fuqaroligini olgan Haqq.  

"Katoliklar, pravoslavlar, protestantlar, Iegova shohidlari - barchasining oʻz ibodatxonalari bor, nega bizda shunday boʻlishi mumkin emas?"  

Muhojirlar 30 ming aholisi boʻlgan shaharning uchdan bir qismini tashkil qiladi, ularning aksariyati 1990-yillarning oxirida Italiyadagi eng yirik kema quruvchi boʻlgan Fincantieri uchun kruiz kemalarini qurish uchun kela boshlagan Bangladeshlik musulmonlardir.

Mavzuga aloqador