Italiya hukumati Xitoyning Rimdagi elchixonasiga Xitoyning "Bir kamar va yoʻl tashabbusi"dan chiqish uchun rasmiy bildirishnoma yubordi. Bu haqda Corriere della Sera gazetasi xabar qildi.

Notada Italiya Xitoyga rasmiy Pekinning tarixiy Buyuk ipak yoʻli oʻrnida savdo-sotiqni qaytadan jontirish tashabbusi sifatida tanilgan ushbu tashabbusdagi ishtirokini uzaytirmasligini bildirgan.

Bosh vazir oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani oʻz bayonotida: "Ipak yoʻli bizning ustuvor vazifamiz emas, biz uning kerakli effektlarni yaratmaganini koʻrdik. Unda ishtirok etmaganlar yaxshiroq natijalarga erishdi", - dedi.

Italiya "Bir kamar va yoʻl tashabbusi"da ishtirok etgan yagona G7 davlati edi.

Italiya 2019 yil mart oyida Juzeppe Konte boshchiligidagi 1-Konte hukumati davrida Xitoy rahbari Si Tszinʻpin bilan Rimda imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumi orqali “Bir kamar va yoʻl tashabbusi”ga kiritilgan edi.

Avgust oyida Italiya matbuotida Italiya "Bir kamar va yoʻl tashabbusi" dan chiqish uchun "nozik chiqish yoʻlini qidirayotgani" haqida xabarlar paydo boʻlgandi.

Mavzuga aloqador