“Al-Shabab” jangarilari Somalidagi mehmonxonaga hujum qildi
Somali poytaxti Mogadishuda prezident majmuasi yaqinida joylashgan mehmonxonaga “Al-Shabab” terrorchilari hujum qildi. Portlash va otishmalarda bir qancha amaldor, deputat va jurnalistlar yaralandi. Halok boʻlganlar ham bor.
“Al-Shabab”
terror tashkiloti jangarilari Somalidagi mehmonxonaga qurolli hujum uyushtirdi,
deya xabar bermoqda Anadolu.
Qayd
etilishicha, poytaxt Mogadishuda prezident majmui yaqinida joylashgan mehmonxonada
portlash sodir boʻlgan, shundan soʻng terrorchilar va xavfsizlik xodimlari oʻrtasida
otishma boshlangan.
Hujum oqibatida koʻplab odamlar, jumladan, hukumat soʻzlovchisi
Farhan Muhammad Jimaleh, Somali politsiyasining yuqori lavozimli vakili Abdihamid
Abdullahi Fanaks, ommaviy axborot vositalari xodimlari va ayrim qonunchilar
yaralangan.
Mahalliy matbuotning yozishicha, hujum oqibatida bir necha
deputat halok boʻlgan.
Somali hukumati mehmonxonaga qilingan hujum haqidagi
xabarlarga hozircha izoh bergani
yoʻq.
Hujum uchun javobgarlikni «Ash-Shabab» terror tashkiloti oʻz
zimmasiga oldi.
Hujumga uchragan mehmonxona qoʻriqlanadigan hududda joylashgan.
Majmuada muntazam ravishda
hukumat vakillarining yigʻilishlari
oʻtkazib turiladi.