07.06.2024 11:30

Isroil bosib olingan Gʻarbiy Sohildagi yahudiy ekstremistlarni qurol bilan taʻʻminlamoqda

Isroil bosib olingan Gʻarbiy Sohildagi yahudiy ekstremistlarni qurol bilan taʻʻminlamoqda

Isroil qoʻshinlari bosib olingan Gʻarbiy Sohildagi yahudiy ekstremistlarga koʻproq qurol tarqatmoqda. Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Falastin hujumlaridan himoya qilish bahonasida isroilliklarni, jumladan, bosib olingan Gʻarbiy Sohildagi koʻchmanchilarni qurollantirish kampaniyasini boshlagan edi.


Yahudiya va Samariya qoʻmitasi raisi va diniy sionizm partiyasidan Knesset aʻʻzosi Zvi Sukkot Yahudiya va Samariya aholi punktlarida qurol tarqatishni kengaytirish qarorini olqishladi. Bu haqda Isroilning 7-kanali xabar berdi.

Oʻtgan yil oxirida Isroilning oʻta oʻngchi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Falastin hujumlaridan himoya qilish bahonasida isroilliklarni, jumladan, bosib olingan Gʻarbiy Sohildagi koʻchmanchilarni qurollantirish kampaniyasini boshlagan edi.

Ishgʻol qilingan Gʻarbiy Sohilda, jumladan Sharqiy Quddusda 720 mingga yaqin noqonuniy isroillik koʻchmanchilar yashaydi.

Mavzuga aloqador