Bosqinchi Isroil 7 oktyabrdan bugungi kunga qadar hujumlarini davom ettirayotgan Gʻazo sektorida qurbon boʻlganlar soni 17 177 nafarga etdi.

Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Ashraf al-Qudra matbuot anjumanida Isroilning oxirgi ikki kun ichida uyushtirgan hujumlarida 930 falastinlik halok boʻlgani, oxirgi 24 soatda esa 350 jasad va 900 yaradorning shifoxonalarga yuborilganini aytdi.

Kudra, shuningdek, hujumlarda yaralanganlar soni 46 mingga etganini bildirdi.

Avvalroq BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi (UNRWA) 7 oktyabrdan beri Gʻazo sektorida 132 nafar xodimi halok boʻlganini maʻʻlum qilgan edi. Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi (CPJ) esa toʻqnashuvlarda 54 nafar falastinlik, 4 nafar isroillik va 3 nafar livanlik jurnalist va OAV xodimi halok boʻlgani, 11 nafar jurnalist yaralangani, 3 nafari bedarak yoʻqolgani, 19 nafari esa hibsga olinganini eʻʻlon qildi.

Mavzuga aloqador