2019 yilda Islomni qabul qilgan va yaqinda masjid qurish rejalarini eʻʻlon qilgan koreyalik taniqli estrada qoʻshiqchisi va “yutuber” Daud Kim Incheon shahrida masjid rejasini amalga oshirishda koʻplab toʻsiqlarga duch kelmoqda. Masjid qurilishiga mahalliy aholi qattiq qarshilik koʻrsatmoqda.

YouTube platformasida 5,5 milliondan ortiq obunachisi boʻlgan 30 yoshli qoʻshiqchi masjid qurish uchun er sotib oldi, biroq u oʻz rejalarini omma oldida eʻʻlon qilishi bilanoq mahalliy aholining shikoyatlari, tanqidlari va qarshiliklariga duch keldi, deb yozmoqda IslamNews nashri Korea Herald nashriga tayangan holda.

Kimga er oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish talabi kelib tushgan, shuningdek, goʻyoki yoʻl holati tufayli qurilishga ruxsat olish bilan bogʻliq qiyinchiliklar paydo boʻlgan, Incheon aholisi ham mahalliy maʻʻmuriyatga masjid qurilishiga qarshi shikoyatlar yogʻdirishni boshlagan.

Er maydonining avvalgi egasi erni sotish shartnomasini bekor qilish niyatida ekanligini tasdiqladi, biroq oʻz harakatlarining sabablarini tushuntirishdan bosh tortdi. Aftidan, qoʻshnilari unga bosim oʻtkazishgan.

Xuddi shunday holat Koreyaning Tegu shahrida ham kuzatilgan - masjid qurilishi 2020 yil sentyabrʻ oyida boshlanganidan beri doimiy muammolarga duch keldi. Qoʻshnilar masjid qurilishiga qarshi cheksiz shikoyatlar bilan murojaat qilishdi, natijada loyiha 2021 yilda toʻxtatilib, musulmonlar tuman maʻʻmuriyati ustidan sudga shikoyat qilishga majbur boʻlishdi.

Mavzuga aloqador