Bosh vazir Saymon Xarris va Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Dublinda.

Norvegiya ortidan darhol Irlandiya ham Falastin davlatini rasman tan olganini eʻʻlon qildi. Ular ortidan Ispaniya bormoqda – bu haqdagi qarori 28 maydan kuchga kiradi.

"Bugun Irlandiya, Norvegiya va Ispaniya Falastin davlatini tan olganini eʻʻlon qiladi va har birimiz ushbu qarorni amalga oshirish uchun barcha zarur milliy choralarni koʻramiz", - dedi Irlandiya bosh vaziri Saymon Xarris.

Uning qoʻshimcha qilishicha, yaqin haftalarda bu muhim qadamni qoʻyishda boshqa davlatlar ham ularga qoʻshiladi.

Jumladan, Sloveniya oʻz qarorini 13 iyunʻ kuni eʻʻlon qilishi kutilmoqda. Belʻgiya va Frantsiya ham bu qadamni tashlamoqchi.

Mavzuga aloqador