Isroil Gʻazoda qatliom qilayotgan bir vaqtda, dunyoning koʻplab mintaqalarida norozilik namoyilari boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, Yaponiya poytaxti Tokioda yuzlab yaponlar "Gʻazoda genotsidni toʻxtating", "Falastinni ozod qiling" kabi shiorlar bilan koʻchaga chiqishdi.

Shinjuku tumanida toʻplangan yapon namoyishchilari Shinjuku poezd stantsiyasi atrofida banner va shiorlar bilan yurish qilib, Isroilning Gʻazodagi shifoxona va maktablarga uyushtirgan hujumlariga munosabat bildirdi.

Namoyishchilar Yaponiya hukumati va dunyo davlatlarini Gʻazoda tinch aholiga qarshi qirgʻinlarning oldini olish uchun chora koʻrishga chaqirdi.

Gʻazo sektorida sodir boʻlayotgan voqealarga munosabat bildirish uchun norozilik namoyishiga qatnashganini maʻʻlum qilgan Haruki Saito: “Bu erga Gʻazodagi qirgʻinni toʻxtatish uchun keldim. Hozirgacha Isroil armiyasi hujumlari natijasida 17 mingdan ortiq gʻazolik halok boʻldi”, - dedi.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida va G7ga aʻʻzo boshqa davlatlarning Isroil armiyasini qoʻllab-quvvatlayotganiga eʻʻtibor qaratgan Saito: “Yaponiya bosh vaziri Kishida va hukumatini butun dunyoda harbiy kuchlarni toʻxtatish uchun harakat qilishga chaqiramiz. Ozod Falastin, ozod Gʻazo!” dedi.

Namoyishda qatnashgan Tomoshi Omodo esa Falastindagi qirgʻinlar uchun oʻzini masʻʻul his qilayotganini aytib, "Yaponiyalik va ishchilar sinfining bir aʻʻzosi sifatida men Gʻazo va dunyoning boshqa hududlardagi genotsidlarni toʻxtatish majburiyatim borligiga ishonaman".

Mavzuga aloqador