Yangi Kaledoniyada ommaviy norozilikdan soʻng Frantsiya harbiy holat eʻʻlon qildi

Yangi Kaledoniyadagi ommaviy norozilik namoyishlaridan soʻng Frantsiya Oliy Kengashi orolda harbiy holat eʻʻlon qildi. Barcha namoyishlar va aktsiyalar taqiqlangan, ijtimoiy tarmoqlar bloklangan. Jurnalistlarning orolga kirishi cheklangan.

Tartibsizliklar Yangi Kaledoniyada 10 yildan ortiq yashayotgan frantsuzlarga mahalliy saylovlarda ovoz berish huquqini beruvchi saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirishlar tufayli boshlandi.

Oxirgi mustaqillik referendumi, avvalgilari kabi, aholining aksariyati Frantsiyaning xorijdagi hududi boʻlib qolishni istashini koʻrsatdi. Biroq, Parijga koʻra, kuchli mustaqillik harakati tashqaridan kuchaymoqda.

Yangi Kaledoniya Oliy komissari Lui Le Frank juma kuni qattiq bosim oʻtkazishni eʻʻlon qildi va komendantlik soatini buzish olti oygacha qamoq va jarimaga olib kelishini aytdi.

Komendantlik soatiga qaramay, 14 may oqshomida namoyishlar davom etdi. Namoyishchilar sport inshootiga oʻt qoʻyishi oqibatida orol poytaxti Noumea qora tutun bilan qoplandi. Poytaxt qamoqxonasida ham tartibsizliklar boʻlgani xabar qilingan.

Mavzuga aloqador