FSB Moskva, Ekaterinburg va Omsk shaharlarida “Krokus Siti Xoll”da sodir etilgan qoʻporuvchilik harakatida jangarilarni moliyalash va yollashda gumon qilingan ikki nafar markaziy osiyolik va bir Rossiya fuqarosini qoʻlga oldi.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Moskvadagi “Krokus Siti Xoll”da qoʻporuvchilik harakatini sodir etgan jangarilarning uch sherigi hibsga olingani haqida xabar berdi (video).

Gumonlanuvchilar Moskva, Ekaterinburg va Omsk shaharlarida qoʻlga olingan. Ulardan ikkita nafari qurol hamda jangarilar qochishga uringan “Reno” avtomobilini sotib olish uchun pul oʻtkazganlikda gumon qilinmoqda.

Uchinchi shaxs esa sheriklarni yollash va qoʻporuvchilik harakati ijrochilarini moliyalash bilan shugʻullangani aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Krokus Siti Xoll”dagi hodisadan bir kun oʻtib FSB direktori Aleksandr Bortnikov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga 11 nafar gumonlanuvchi, jumladan, teraktning bevosita ishtirokchisi boʻlgan toʻrt nafar shaxs hibsga olingani haqida maʻʻlum qildi.

31 mart kuni Milliy aksilterror qoʻmitasi Maxachqalʻʻa va Kaspiyskda qoʻporuvchilik harakatlari sodir etishni rejalashtirganlikda ayblangan uch nafar jangari hibsga olinganini maʻʻlum qildi. 1 aprelʻ kuni FSB Dogʻistonda qoʻlga olinganlarning kontsert zalida sodir etilgan qoʻporuvchilikka aloqadorligini oshkor qildi.

22 mart kuni Krokus Siti Xolldagi qoʻporuvchilik harakatida 144 kishi halok boʻldi. IShIDning Viloyati Xuroson nomli yacheykasi kontsert zalida sodir etilgan qoʻporuvchilik uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi.

Mavzuga aloqador