Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 262 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Al-Magʻozi, Nuseyrat va Rafah lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 47 kishi halok boʻldi, 121 kishi jarohat oldi.

 ▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Tulkarm, Baytlahm, Ramallah va Nablusga hujum qilmoqda. 40 falastinlik hibsga olindi. Hibsga olinganlar orasida yaralangan 12 yoshli Muhammad al-Zaqika ham bor. Bola uyiga bostirib kirishi natijasida yaralangan.

 ▪️Husiylar Trans World Navigator kemasiga hujum qilib, zarar etkazdi.

 ▪️Gʻazo markazida tez yordam va favqulodda xizmatlar departamenti direktori Hani Al-Jafraviy fashistlar hujumi natijasida halok boʻldi.

 ▪️Axios: Netanyaxu harbiy vazirlar mahkamasi tomonidan maʻʻqullangan garovga olish boʻyicha kelishuv taklifini rad etdi. Mahbuslarning oilalari Netanyaxuning ayirboshlash bitimidan chiqqanini keskin qoraladi.

 ▪️Kamol Advan kasalxonasida yana ikki bola ochlikdan vafot etdi. Gʻazoda roʻyxatga olingan ochlikdan vafot etganlarning umumiy soni 31 nafarga etdi. Haqiqiy raqamlar ancha yuqori.

 ▪️Evropa Ittifoqi: Gʻazodagi inqiroz keskin nuqtaga etdi va gumanitar yordam koʻrsatish qariyb imkonsiz boʻlib qoldi.

 ▪️Save the Children: Taxminimizcha, Isroil tajovuzlari natijasida Gʻazoda taxminan 21 ming bola bedarak yoʻqolgan.

Mavzuga aloqador