Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 199 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Al-Magʻozi lageri, Xon Yunis, Nuseyrat lageriga va Dayr al-Balahga hujum qildi. Rafahga uyushtirilgan hujum natijasida 16 nafar bola va 6 nafar ayol halok boʻlgan. Urush boshlanganidan beri 34 097 kishi shahid boʻldi, 76 980 kishi yaralandi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar oʻnlab falastinliklar hibsga olingan Balat va Xalil lageriga bostirib kirmoqda. Bu vaqtda Quddusning Romema hududida koʻchmanchilarga hujum uyushtirildi, ikki kishi yaralandi.

▪️ Bosqinchilar Nuseyrat kasalxonasi hududini tark etgach, 210 nafar shahidning jasadi boʻlgan qabr topildi. Ulardan baʻʻzilari qatl etilgani aytilmoqda.

▪️ Suriya sharqidagi Dayr-az-Zor viloyatida joylashgan Amerika bazasiga zarba berildi. Mosul tarafidan raketalar otildi.

Mavzuga aloqador