Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 155 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 155 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.

▪️ Bosqinchilar Xon Yunis, Rafah, Dayr al-Balah va Gʻazo markaziga hujum qildi.

▪️ Kun davomida 78 kishi hayotdan koʻz yumdi, 104 kishi jarohatlandi.

▪️ 7 oktyabrdan bunyo Isroil hujumlari natijasida jami boʻlib 30 810 kishi halok boʻldi.

▪️ Ochlikdan halok boʻlgan gʻazoliklar soni 23 nafarga etdi. Kun davomida 3 bola ochlik qurboni boʻldi.

▪️ Gʻarbiy Sohildagi Nablus, Qalqilya va Tulkarmga bostirib kirgan bosqinchilarga qarshilik kuchlari tomonidan javob qaytarildi. Harbiy jihozlar ishdan chiqarildi.

▪️ Iroq qarshilik kuchlari Isroildagi uchinchi yirik shahar hisoblangan Hayfadagi neftni qayta ishlash zavodlariga uchuvchisiz uchuvchisiz samolyot yordamida hujum qildi.

▪️ Gʻazo shahrida ishgʻolchilar insonparvarlik yordami kelishini kutayotgan odamlarga oʻq uzdi. 2 kishi halok boʻldi, oʻnlab odamlar yaralandi.

▪️ Gʻazo hukumati: Havodan tashlangan insonparvarlik yuklari parashyutlari ochilmasligi sababli qutilar koʻmak kutayotgan falastinliklar ustiga tushishi oqibatida 5 kishi hayotdan koʻz yumdi, bir necha fuqaro jarohatlandi.

▪️ JSST rahbari: 5 oylik doʻzax sharoitlari, 31 000 oʻlik, 72 000 yarador. Qachon etarli boʻladi?

▪️ Pentagon: Gʻazoliklar uchun gumanitar yordam etkazish maqsadida AQSh tomonidan vaqtinchalik port qurilishi 60 kunni olishi mumkin.

▪️ Husiylar Qizil dengiz va Adana koʻrfazida AQSh Harbiy dengiz kuchlarining bir qancha esminetslariga qarshi 37 ta uchuvchisiz uchoqlar yordamida hujum uyushtirilganini maʻʻlmu qildi.

Mavzuga aloqador