Bangladesh Oliy sudi yakshanba kuni mamlakat boʻylab talabalar noroziligiga sabab boʻlgan mustaqillik uchun kurashganlarning farzandlarini davlat ishiga olish boʻyicha 30 foizlik kvotani bekor qildi. Oxirgi kunlarda roʻy bergan ommaviy tartibsizliklar natijasida kamida 114 kishi halok boʻldi.

Quyi sud qarorini bekor qilgan Oliy sud apellyatsiya boʻlimi Janubiy Osiyo davlatidagi davlat ishlarining 93 foizi xizmatga asoslangan nomzodlar uchun ochiq boʻlishi kerak degan qarorga keldi, deya xabar berdi Reuters agentligiga Bangladesh bosh prokurori A.M. Amin Uddin.

“Talabalar Bangladeshda dushanbadan beri roʻy berayotgan zoʻravonlik va oʻt qoʻyishga hech qanday aloqasi yoʻqligini aniq aytishdi”, – dedi u telefon orqali.

"Men hukumatdan zoʻravonlik uchun javobgarlarni topib, ularga nisbatan qattiq choralar koʻrishni soʻrayman", - deya qoʻshimcha qildi Uddin.

Payshanba kuni Bangladeshda internet uzib qoʻyildi, juma kuni esa komendantlik soati eʻʻlon qilgandi. Askarlar armiya nazorat punktlari oʻrnatilgan poytaxt Dakka koʻchalarida patrul qilmoqda.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlib oʻtgan. 

Talabalar hukumat ish oʻrinlari uchun kvotalar, jumladan, Pokistondan mustaqillik uchun kurashgan faxriylarning qarindoshlari uchun 30 foiz oʻrinlar ajratilishiga qarshi norozilik bildirganidan keyin butun mamlakat boʻylab tartibsizliklar boshlandi.

Oliy sud hukumatga mustaqillik uchun kurashuvchilarning oilalari uchun ish oʻrinlari kvotasi miqdorini 5 foizgacha kamaytirishni buyurdi, dedi bosh prokuror. Qolgan 2 foiz ish oʻrinlari esa hali ham sogʻligʻi yomon va nogironlar uchun moʻljallangan, deya qoʻshimcha qildi u.

Mavzuga aloqador