25.12.2023 12:51

185 nafarga yaqin rohinjalar chiqqan kema nosozlik tufayli okeanda qolib ketdi

Kema yoʻlovchilaridan kamida biri halok boʻlgan, yana oʻnlab ogʻir ahvoldagilar bor.

BMTing Qochqinlar boʻyicha oliy komissarligi (UNHCR) 185 ga yaqin rohinjalar, asosan ayollar va bolalar chiqqan kema dvigatelidagi nosozlik sababli Andaman va Nikobar orollari yaqinida qolib ketgan.

BMT agentligining maʻʻlum qilishicha, qayiq yoʻlovchilaridan kamida bir nafari allaqachon afot etgan, yana oʻnlab kishi esa "ogʻir ahvolda".

“Yana koʻp odamlar oʻz vaqtida qutqarilmasa va eng yaqin xavfsiz joyga tushirilmasa, koʻplab qirgʻoqboʻyi davlatlarining koʻz oʻngida ostida halok boʻlishi mumkin, - deya ogohlantirdi UNHCR. - Bu haqiqatan ham chorasiz vaziyat".

Myanmada shafqatsizlarcha quvgʻinga uchragan minglab rohinjalar har yili Malayziya yoki Indoneziyaga etib borish maqsadida oʻz vatanlari hamda Bangladeshdagi qochqinlar lagerlaridan xavfli dengiz sayohatlariga chiqishmoqda.

2000 dan ortiq rohinjalar 2022 yilda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga xavfli sayohatga chiqishga uringan, deya xabar beradi UNHCR. Oʻtgan yildan beri mintaqada 570 dan ortiq odam, jumladan, rohinja qochqinlari dengizda halok boʻlgani yoki bedarak yoʻqolgani haqida xabar berilgan.

BMT agentligi mintaqadagi barcha davlatlar bunday kattalikdagi insoniy falokatlarning oldini olish uchun barcha qidiruv va qutqaruv imkoniyatlaridan foydalanishlari muhimligini yana bir bor taʻʻkidladi.

 

Mavzuga aloqador