Angliyada asosiy muxolifatdagi Mehnat partiyasi rahbari Keir Starmerga "Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish chaqiriqlarini qoʻllab-quvvatlamadi" degan sabab bilan norozilik bildirgan ikki nafar Falastin tarafdori qoʻlga olindi.

Starmer Shotlandiya Mehnat partiyasining tantanali kechki ziyofatida qatnashish uchun Glazgoga poezd safari chogʻida va safardan keyin vokzalda bir guruh insonlar tomonidan noroziliklarga duch keldi.

Sayohat davomida unga yaqinlashgan kishi: "Keir, Falastinda oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirishgacha yana qancha bola oʻlishi kerak? 7 mingdan ortiq bola halok boʻldi. 7 mingdan ortiq bola Isroil tomonidan oʻldirildi. Bu qabul qilinishi mumkin emas. Qani inson huquqlari, qani demokratiya?” deya savollar berdi.

Keir Starmer sukut saqlab turgan vaqtda xavfsizlik xodimlari asosiy muxolifat etakchisiga munosabat bildirgan shaxsni olib ketishga harakat qilishdi.

Shotlandiya Politsiya xizmati matbuot kotibi voqea ortidan bergan bayonotida namoyishdan xabardor ekanligi, politsiyaga qarshilik qilgan ikki kishining hibsga olingani va tergov davom etayotganini bildirdi.

Asosiy muxolifat etakchisi Starmer oʻz partiyasi deputatlari va saylovchilarining Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi chaqiriqlarini rad etib kelmoqda.

Leyboristlar partiyasining 7 oktyabrdan beri Isroilni qoʻllab-quvvatlagan bayonotlari va Starmerning "Isroilning Gʻazoga suv, oziq-ovqat va yoqilgʻi kirishiga toʻsqinlik qilishga haqli" degan daʻʻvolari partiyada bahs-munozaralarga sabab boʻldi.

Starmer oʻzining keyingi bayonotida uning soʻzlari notoʻgʻri tushunilganini aytdi.

Mavzuga aloqador