Eʻʻtikof qanday amal, nafl va taʻʻkidlangan eʻʻtikofning farqi nimada, erkaklar ham uyda eʻʻtikof oʻtirsa boʻladimi, ayollar eʻʻtikofni qanday ado etadilar, ayol kishi eʻʻtikof oʻtirgan chogʻida eri bilan yaqinlik qilsa, nima boʻladi – eʻʻtikofga oid savol-javoblar.

Savol: eʻʻtikof qanday amal hisoblanadi?

Javob: Ramazon oyining oxirgi oʻn kunligida har bir masjid ahliga eʻʻtikof oʻtirish sunnati muakkadadir (taʻʻkidlangan sunnatdir).

Eʻʻtikofning misoli jamoat bilan taroveh namoziga qoim boʻlishdir. Agar kimdir unga qatnashsa, boshqalardan masʻʻuliyati soqit boʻladi.

Savol: nafl eʻʻtikofning eng oz miqdori qancha?

Javob: nafl eʻʻtikofning eng ozi kechasi yoki kunduzi boʻlsin, masjidda biroz muddat oʻtirishdir.

Imom Muhammad rahmatullohi alayhning nazdida eʻʻtikofning eng oz miqdori kecha va kunduzdan biroz vaqtdir. Bu Abu Hanifa rahmatullohi alayhdan ham rivoyat qilingan.

Savol: taʻʻkidlangan sunnatni ado qilish uchun necha kun eʻʻtikof oʻtirish zarur?

Javob: oxirgi oʻn kunlikda eʻʻtikof oʻtirish taʻʻkidlangan sunnatdir. Bir-ikki kun oʻtirish esa nafl boʻladi.

Savol: eʻʻtikofga qachondan boshlab kiriladi?

Javob: eʻʻtikof oʻtirmoqchi boʻlgan odam quyosh botmasidan avval masjidga kirib, eʻʻtikof oʻtirishni niyat qiladi.

Savol: Ramazondan boshqa oyda ham eʻʻtikof oʻtirsa boʻladimi?

Javob: albatta, Ramazondan boshqa oyda ham nafl eʻʻtikof yoki nazr eʻʻtikoflarni ado qilsa boʻladi. Lekin nazr eʻʻtikoflar uchun ham, (bir qavlda kamida bir kunlik) nafl eʻʻtikof uchun ham roʻzador boʻlish shartdir. Shuningdek, eʻʻtikofning qazosini ado qilayotganda ham roʻzador boʻlish shartdir.

Savol: ayollar eʻʻtikofni qanday ado etadilar?

Javob: ayol kishi oʻz uyining bir joyini namoz oʻqish uchun tayin qilib, oʻsha joyda eʻʻtikof oʻtiradi. Bu bilan jamoat masjidida eʻʻtikof oʻtirganning savobini oladi. Tabiiy ehtiyojlari uchungina tashqariga chiqishlari mumkin, boshqa holatlarda esa chiqish mumkin emas.

Savol: juma namozi oʻqilmaydigan masjidda ham eʻʻtikof oʻtirsa boʻladimi?

Javob: boʻladi. Juma namozini oʻqish uchun esa juma namozi oʻqiladigan masjidga borishi mumkin. Eʻʻtikof oʻtiruvchi juma namozini oʻqish uchun bormoqchi boʻlgan masjidiga quyosh tikkadan oqqandan soʻng yoʻlga chiqadigan boʻlsayu xutba va juma namoziga kech qolmaydigan darajada yaqin boʻlsa, quyosh tikkadan oqqandan soʻng yoʻlga chiqadi. Agar boradigan masjidi kech qolarli masofada joylashgan boʻlsa, quyoshning tikkadan ogʻishini kutib turmaydi. Lekin ikkinchi azondan oldin, toʻrt rakʻʻat sunnatni oʻqiy oladigan miqdordagi vaqtni moʻljallab yoʻlga chiqishi kerak. Masjidda farzdan keyin (farzdan keyingi sunnatni toʻrt rakʻʻat, deganlarning fikriga koʻra) toʻrt yoki (farzdan keyingi sunnatni olti rakʻʻat, deganlarning fikriga koʻra) olti rakʻʻat namoz oʻqish miqdoricha qolishi mumkin.

Savol: eʻʻtikof oʻtiruvchi qaysi holatlarda masjiddan chiqishi mumkin?

Javob: eʻʻtikof oʻtiruvchiga bavl qilish, qazoi hojat qilish, ehtilom boʻlib qolsa gʻusl qilish (masjidda gʻusl qilish mumkin emas) kabi insonning tabiiy hojatlaridan, iyd namozlari va azon kabi sharʻʻiy uzrlardan boshqa holatlarda masjiddan tashqariga chiqish mumkin emas. Yuqoridagidek tabiiy va sharʻʻiy uzrlarsiz ozgina vaqtga tashqariga chiqishi bilan ham eʻʻtikofi buziladi.

Savol: eʻʻtikofini unutib, masjiddan chiqib ketishning hukmi nima?

Javob: eʻʻtikofi buziladi. Garchi esidan chiqib, uzrsiz, oz muddatga tashqariga chiqsa ham eʻʻtikof fasod boʻladi.

Savol: eʻʻtikof oʻtiruvchi salqinlash maqsadida gʻusl uchun masjiddan tashqariga chiqsa boʻladimi?

Javob: joiz emas. Lekin namoz uchun tahoratga chiqqan paytda gʻusl qilib olsa boʻladi.

Savol: buzilgan eʻʻtikofning qazosi vojibmi?

Javob: vojib eʻʻtikofni buzib qoʻysa, roʻzador boʻlgan holda uning qazosi ham vojibdir. Qazosini Ramazon oyidan boshqa oylarda ado qiladi. Hanafiy mazhabida roʻzador boʻlish eʻʻtikofning shartlaridan biridir.

Savol: erkaklar ham uyda eʻʻtikof oʻtirsa boʻladimi?

Javob: eʻʻtikofning shartlaridan biri – uning azon va iqoma aytilib namoz oʻqiladigan jamoat masjidida boʻlishidir. Shu nuqtai nazardan erkaklarning uyda eʻʻtikof oʻtirishlari joiz emas.

Savol: taʻʻkidlangan sunnat eʻʻtikofiga oʻtirish uchun masjidga qachon kirib, qachon chiqiladi?

Javob: yigirmanchi taroveh oʻqiladigan kecha quyosh botishidan avval masjidga kirib, Ramazonning oxirgi kuni quyosh botganidan soʻng chiqadi.

Savol: bir necha kun eʻʻtikof oʻtirishni nazr qilgan kishining hukmi nima?

Javob: necha kun oʻtirishni niyat qilgan boʻlsa, shuncha kun eʻʻtikof oʻtirishi, roʻzador boʻlishi, kunduzlari bilan birga tunlari ham oʻtirishi vojib sanaladi.

Savol: ayol kishi eʻʻtikof oʻtirgan chogʻida eri bilan yaqinlik qilsa, nima boʻladi?

Javob: eʻʻtikofi buziladi. Kechasi yo kunduzi, esida turib yo esidan chiqarib yaqinlik qilib qoʻysa, maniy tushsin yo tushmasin, eʻʻtikof buziladi. Zero, tun eʻʻtikof oʻtirishning paytidir. Roʻzada esa bunday emas.

Savol: eʻʻtikof oʻtiruvchi qorni dam boʻlgani tufayli masjidda el chiqarishi mumkinmi?

Javob: masjidning ichida el chiqarish tahrimiy makruhdir. Eʻʻtikofdagi odam qorni dam boʻlishi tufayli el chiqarmoqchi boʻlsa, tashqariga chiqib el chiqaradi va bu bilan eʻʻtikofiga zarar etmaydi. Zero, masjidda el chiqarish bilan odamlar ozorlanganidek, farishtalar ham ozorlanadi.

Savol: ayol kishi oxirgi oʻn kunning eʻʻtikofidaligida hayz qonini koʻrsa, nima qiladi?

Javob: eʻʻtikofdan chiqadi. Keyinchalik roʻzador holatda bir kun eʻʻtikofning qazosini oʻtaydi. Qolgan kunlarning ham eʻʻtikofini oʻtirsa afzaldir. Eʻʻtikof holatida hayz koʻrgan ayolning eʻʻtikofi buziladi.

Savol: sunnat boʻlgan eʻʻtikofda oʻtirgan kishi juma namozi yoki salqinlash maqsadida gʻusl qilish uchun masjidning gʻuslxonasiga chiqishi joizmi?

Javob: xonaqohda boʻlmay, masjid hududida joylashgan gʻuslxonaga juma namozi yoki salqinlash uchun gʻusl qilishga chiqish joiz emas.

"Moʻminning qalqoni" kitobidan

Mavzuga aloqador