Ramazon keldi!
"Ey Robbim! Mana, osiy bandang eshigingda turibdi. Sendan uzoqlik uni baxtsiz qildi. Oʻrtadagi masofalar uning belini sindirdi. Ey Robbim! Bilaman, mendan boshqa bandalaring koʻp. Ammo mening Sendan boshqa Robbim yoʻq. Menga oriflar gʻalabasini ber. Meni tavba qiluvchilar safida qabul qil. Meni kechalari qoim boʻladigan bandalaring qatorida yoz. Meni roʻzadorlar safida qayta tiriltir!" Ramazon salomatlikni saqlash uchun parhez oyi emas. Bu bizning yoʻlimiz va dam olish bekatimizdir. Yoʻl mashaqqatlaridan toliqqanda yukimizni faqat Robbimiz huzuridagina elkadan qoʻyamiz. Biz Allohdanmiz, Alloh bilanmiz va Allohgamiz!
Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Ramazonni "Marhabo, ey bizni gunohlardan
tozalovchi!" deya qarshilar ekan.
Mana,
Ramazon keldi. Badaningiz va ruhingiz gunohlar va yaralar bilan toʻlgan.
Qalbingiz yarasini davolash fursati bu. Singan ruhingizga malham oyi bu!
Ulovingizni Robbingiz eshigi oldida choʻktiring va Unga shunday
deng:
"Ey Robbim! Mana osiy bandang eshigingda turibdi. Sendan
uzoqlik uni baxtsiz qildi. Oʻrtadagi masofalar uning belini sindirdi. Ey Robbim!
Bilaman, mendan boshqa
bandalaring koʻp. Ammo mening Sendan boshqa Robbim yoʻq. Menga oriflar gʻalabasini
ber. Meni tavba qiluvchilar safida qabul qil. Meni kechalari qoim boʻladigan
bandalaring qatorida yoz. Meni roʻzadorlar safida qayta tiriltir!"
Mana,
Ramazon keldi. Bu oyda tomoqlar qaqraydi, ammo qalblar serob boʻladi. Bu oyda
ichaklarimiz boʻshaydi, ammo ruhimiz toʻyinadi. Bu oyda tanamiz zaiflashadi, ammo
iymonimiz baquvvatlashadi. Bu oyda harakatimiz susayadi, ammo aqidamiz kuchayadi!
Bu oyda iymonni yangilang. Robbimiz bizning och qolishimiz
yoki chanqashimizga muhtoj emas. U Ramazonni bizni tozalash uchun yuboradi. Oʻziga
munosib boʻlishimiz uchun,
bizni poklash uchun yuboradi. Bundagi nasibamiz faqat ochlik va chanqoqlik boʻlib
qolmasin!
Ramazon salomatlikni saqlash uchun parhez oyi emas. Bu bizning
yoʻlimiz va dam olish bekatimizdir. Yoʻl mashaqqatlaridan toliqqanda yukimizni faqat
Robbimiz huzuridagina elkadan qoʻyamiz. Biz Allohdanmiz, Alloh bilanmiz va
Allohgamiz!
Mana Ramazon keldi. Qorningiz ochib tomogʻingiz qaqraganida
bizga Ramazon etib kelishi uchun roʻza tutib, qoʻlida ruhini koʻtarib, qonini
Allohga sotganlarni yodingizga oling.
Ramazon,
bu – Badr gʻazotidir.
Islom qurʻʻonning himoyasi oʻlaroq qilich yalangʻochlagan edi oʻshanda. Bu ummatning
oxirgisi dajjol bilan kurashgunicha bu qilich yalangʻochlangan turaveradi!
Ramazon,
bu – Makka fathidir. Va nihoyat
shahar oʻzligini qaytirib olgan, tavhid poytaxtiga aylangan edi oʻshanda. Bilol
roziyallohu anhu Kaʻʻba ustidan turib, butun dunyoni "Allohu akbar" sadosiga toʻldirgan edi!
Ramazon Qodisiyyadir, Saʻʻd ibn Abi Vaqqosdir, Abu
Mihjandir...
Oʻshanda xalifa Umar roziyollohu anhuga gʻalaba xabari kelganida
xabarni keltirgandan soʻragan edi:
-Jang qancha davom etdi?
- Bomdoddan asrgacha!
Umar roziyollohu anhu dedi:
-Subhanalloh! Botil haqning oldida buncha muddat turib bera
olmaydi. Bunga sabab ehtimol mening yoki sizning gunohingizdir!
Ramazon,
bu –
Shahidlar Saroyidir. Abdurrahmon Gʻofiqiy Parijdan etmish kilometr uzoqlikda turib
shunday degan edi:
"Ey Robbim! Mendan rozi boʻlishing uchun jonimni beraman,
mana ol!"
Ramazon,
bu –
Amuriya fathidir, xalifa Muʻʻtasimdir, bir muslima ayolning obroʻsi uchun yoʻlga
tushgan islom qoʻshinidir. Allohim, izzatimizni qaytar!
Ramazon,
bu –
Ayni Jolutdir, Muzaffar Qutuzdir, moʻgʻullardir. Oʻshanda mujohidlar erda roʻza
tutib koʻkda iftorlik qilishgan edi!
Ramazon,
bu –
Shaqhab jangidir. Jangning avvalgi saflarida islom ulamolari turgan edi. Oʻshanda
siyohdan koʻra qonga, fiqhdan koʻra jihodga ehtiyoj sezilgan edi!
Ramazon,
bu –
GʻAZOdir!
Doʻstim! Ramazon keldi! Bu oy qalblarni filʻtrlaydi. Qalbingizni
tozalab oling. Bu oydan chiqqaningizda qalbingiz unga kirganingizdagidan oʻzgacha
boʻlsin!
Sizga himmatu shijoat tilayman!
Abdulqodir Samarqandiy