Azon Allohning toatiga, ibodatiga, hidoyatiga, Uning Dargohi oliyasiga bir chorlovdir. Azon Alloh sevgisining tanlarga nidosi, qalblarga tajallisidir. Azon dil va vujuddan shaytonni quvish imkoniyatidir.
Azon lugʻatda “bildiruv” maʻʻnosidadir:
“Azon” – Allohning sigʻinish va ibodat qilishga sazovor yagona Zot ekanini, Muhammad alayhissalomni butun insoniyatga yuborilgan oxirgi haq paygʻambarliklarini, dinimizning butun dunyoda mislsiz adolat va hurriyatni joriy qilish dini ekanini bildirishdir. 
“Azon” – Qurʻʻon va Sunnatni oʻrganib, iymon va kufrni, yaxshi va yomonni, halol va haromni farqlash zarurligini bildirishdir. 
“Azon” – Ahli Sunna val jamoa mazhabi asosida aqida sofligi, din musaffoligi yoʻlida harakat qilish barcha musulmonlar uchun eng toʻgʻri  yoʻl ekanini bildirishdir.  
“Azon” – Islomning oʻz nomiga munosib ravishda kishilarni adolat, yaxshilik, ehson, rahmdillik, mehr-shafqat, oʻrtachalik, moʻʻʻtadillik, ezgulikka buyurishini, aksincha zulm, istibdod, fasod, yomonlik, dushmanlik, buzgʻunchilik, tajovuzkorlik, bidʻʻat-xurofotlardan qaytarishini bildirishdir. 
“Azon” – solih salaflar, ulugʻ mujtahidlar tajribasiga tayangan holda Alloh koʻrsatgan yoʻldan chekinmay yurish, ularga ergashish, turli firqachilik va ixtiloflarga berilmaslik, aksincha diniy birodarlik va oʻzaro hamjihatlikni joriy etish zaruriyatini bildirishdir.
“Azon” – jamiyatdagi barcha insonlarning asosiy haq-huquqlarini – hayot kechirish, obroʻ va hurmatini saqlash, eʻʻtiqod va din tanlash, tafakkur va izlanish, ilm olish, mulkchilik va mulkni saqlash, xavfdan omonda boʻlish, halol mehnat qilish, barcha bashar bilan tenglik, tugʻilgandan boshlab hur, ozod boʻlish, odil sudlov, erkin safar qilish va koʻchish, uylanish va oila qurish, xatolarni isloh qilish, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish huquqlarini bildirishdir.  
“Azon” – dinimizning musulmonlar uyoqda tursin, hatto oʻzga din, eʻʻtiqod va millat vakillariga muruvvatni, xalq oʻrtasida tenglik, ahillik, oʻzaro hurmatni targʻib qilishini, ayollar shaʻʻnini koʻtarishini bildirishdir. 
“Azon” – dinimizning insoniyat hayot tarzini belgilab beradigan, uni axloq qoidalari bilan ihotalaydigan, barcha yomonlik-gunohlardan muhofaza qiladigan, faqat ezgulik, yaxshilik, solih amallarga daʻʻvat etadigan, ilohiy adolatni taklif etadigan soʻnggi Haq din ekanini bildirishdir.
Bu bizning Azondir!
“Azon” bundan buyon yana-da keng ufqlarni koʻzlamoqda, oldin millat muammolari bilan koʻproq shugʻullangan boʻlsa, endi butun ummat masalalari bilan mashgʻul boʻlishga chogʻlandi. Maqsadimiz oʻzgarmagan, faqat kengaygan – siz azizlar-da orasida boʻlgan barcha ummatga xizmat qilish, murodimiz ham oʻsha-oʻsha – Alloh taoloning roziligini topish. Siz muhtaramlardan istagimiz bizni kuzatib boring, nashr etayotgan materiallarimiz yuzasidan qimmatli fikrlaringiz, maslahat va tavsiyalaringizni darigʻ tutmang va duolaringizda bizni yoʻqlab turing.

AzonGlobal tahririyati jamoasi

Mavzuga aloqador