Turkiyaning Dushanbedagi elchixonasi Tojikiston fuqarolari uchun viza tartibi joriy etilishi boʻyicha qoʻshimcha maʻʻlumotlarni eʻʻlon qildi. Unga koʻra, viza zarurati vaqtinchalik chora boʻlishi mumkin.

Turkiyaning Dushanbedagi elchixonasi X ijtimoiy tarmogʻida Tojikiston fuqarolari uchun viza tartibi joriy etilishi boʻyicha qoʻshimcha maʻʻlumotlarni eʻʻlon qildi.

Unga koʻra, 20 aprelgacha Tojikiston fuqarolari Turkiyaga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin. Ushbu sanadan keyin esa Turkiya orqali boshqa mamlakatlarga borish maqsadida Turkiyaga kelganlar vizasiz boʻladi.

Qayd etilishicha, viza zarurati, ehtimol, vaqtinchalik chora boʻlishi mumkin.

Viza olishning aniq tartiblari diplomatik vakolatxona xodimlari tomonidan keyinroq maʻʻlum qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan 5 aprelʻ kuni Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qilish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan edi. Qarorda vizasiz tartibni bekor qilish sabablari keltirilmagan.

Keyinroq Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Turkiya bilan “oʻzarolik tamoyiliga muvofiq” Turkiya fuqarolari uchun ham viza rejimini joriy etishga ruxsat berdi.

Mavzuga aloqador