“Krokus Siti Xoll”da sodir boʻlgan teraktda ofitsiant boʻlib ishlovchi Oʻzbekiston fuqarosi Komil Nasibov 100 dan ziyod insonni qutqarib qoldi. U jabrlanganlarni tez yordam mashinasiga olib borgan va 80 ga yaqin odamni chiqish yoʻliga eltib qoʻygan.

Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll”da ofitsiant boʻlib ishlovchi Oʻzbekiston fuqarosi Komil Nasibov terakt vaqtida 100 dan ziyod odamni qutqarib qoldi. Bu haqda SHOT Telegram-kanali xabar qilmoqda.

Komilning soʻzlariga koʻra, u terakt sodir etilgan kuni doʻsti bilan “Krokus”da ofitsiant boʻlib ishlagan. Ish vaqti 19:55 larda tugagan. Koʻchaga chiqishganida, baland tovushlar eshitishgan. Komil doʻsti bilan qoʻrqib, yaqin atrofdagi binoga yashirinishgan. Biroq keyin qaytishga qaror qilishgan.

Komil oʻq jarohatini olgan bir necha kishini chetga olib chiqqan, yoʻlda bir mashinani toʻxtatib, oqsoqlanayotgan ayolni oʻtirgʻizgan hamda kontsertga kechikib kelayotganlarni tarqatgan.

Soʻngra binoda eshiklarni buzib, odamlarga qaerga qochish kerakligini koʻrsatgan. Pastki qavatlardan birida tutun ichida 80 ga yaqin odamni uchratib, ularga tashqariga chiqishga yordamlashgan. Odamlarni izlash uchun yugurayotib dahlizda chirogʻi yoniq turgan telefon topib olgan va u bilan yoʻlini yoritgan. Bir muddat oʻtib telefonga qoʻngʻiroq boʻlgan – ekranda Kamilla ismi chiqqan. Qoʻngʻiroq qilgan qiz baland ovozda ikkinchi qavatda yongʻin ichida olganini aytib, yordam soʻragan. Qiz dahshat ichida ekani, atrofini olov qurshab olganini va ikkinchi qavatdagi qaysidir kvadratda ekanini aytgan.

Yigit maʻʻlumotni oʻsha paytda yonida boʻlgan Qutqaruv xizmati xodimlariga etkazgan. Komilning oʻzi allaqachon tutundan boʻgʻilib qolgan va uni binodan olib chiqishgan, chaqirgan qiz esa qutqaruvchilar tomonidan topilgan. Keyinchalik unga yoʻqolgan telefonni berishdi.

Mavzuga aloqador