Soʻnggi kunlarda rossiyalik chegarachilar aeroportlar va er usti oʻtkazish punktlarida nafaqat Tojikiston fuqarolari, balki Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan kelgan muhojirlarga ham Rossiya hududiga kirishni ommaviy ravishda taqiqlamoqda. Huquq himoyachisi Valentina Chupikning aytishicha, ushlab turilganlarning toʻrtdan bir qismigina Tojikiston fuqarolari, undan ikki hissa koʻpi — Oʻzbekistondan kelgan muhojirlar, qolganlari Qirgʻiziston vakillari.

Soʻnggi kunlarda rossiyalik chegarachilar aeroportlar va er usti oʻtkazish punktlarida nafaqat Tojikiston fuqarolari, balki Oʻzbekiston va Qirgʻizistondan kelgan muhojirlarga ham Rossiya hududiga kirishni ommaviy ravishda taqiqlamoqda, deb yozmoqda Xabar.uz Exclusive.kz nashriga tayangan holda.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirliklari hozircha holatga izoh bermagan.

Huquq himoyachisi Valentina Chupikning aytishicha, muhojirlarni mamlakatga kirish vaqtida ommaviy qoʻlga olish 24 aprelda boshlangan va 1 mayga kelib Rossiya aeroportlarida 4500 ga yaqin odam toʻplangan va xuddi shuncha odam er usti nazorat punktlari orqali kiritilmagan.

Huquq himoyachisining aytishicha, ushlab turilganlarning toʻrtdan bir qismigina Tojikiston fuqarolari, undan ikki hissa koʻpi — Oʻzbekistondan kelgan muhojirlar, qolganlari Qirgʻiziston vakillari.

Qoʻlga olinganlarning aksariyati bir-ikki kun ichida «deport» qilinadi, lekin baʻʻzi hollarda qaytarib yuborish bir haftagacha choʻzilishi mumkin, dedi Chupik.

24 apreldan buyon huquq himoyachisiga chegarachilar tomonidan qoʻlga olingan muhojirlardan ikki yuzga yaqin murojaat kelib tushgan. Ularning soʻzlariga koʻra, odamlar och va suvsiz qolishgan, hatto hojatxonaga kira olishmayapti. Telefonlari olib qoʻyilgan va «hech qanday tushuntirish berilmaydi».

Rossiyadan muhojirlarni bunchalik ommaviy chiqarib yuborish hali hech qachon boʻlmagan, deydi Chupik.

Rossiyadagi nazorat-oʻtkazish punktlaridagi muhojirlar muammolari haqida faqat Tojikiston tashqi ishlar vazirligi ochiq xabar berdi. Shanba kuni vazirlik mamlakat fuqarolariga «oʻta zarurat boʻlmasa, Rossiyaga borishdan vaqtincha tiyilish»ni tavsiya qildi.

Yakshanba kuni 954 nafar Tojikiston fuqarosi Vnukovo aeroportida tegishli sanitariya sharoitlarisiz qolayotgani haqida xabar berildi.

Dushanba kuni Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirilib, Rossiya hududida Tojikiston fuqarolariga nisbatan «katta salbiy munosabat namoyon boʻlgan koʻplab holatlar» munosabati bilan norozilik notasi taqdim etildi.

Chorshanba kuni Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qilib, mamlakat fuqarolarining huquqlari va ikki tomonlama kelishuvlar buzilgani haqida gapirgan. Lavrov «koʻrilayotgan chora-tadbirlar maʻʻlum bir millatga qarshi emas», deb aytgan.

Ayni paytda Turkiya aeroportlarida ham Oʻzbekiston fuqarolarining hech qanday sabablarsiz mamlakatga kirishiga toʻsiqlar qoʻyilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Istanbul aeroportida bir necha kundan beri qolib ketayotgan oʻzbekistonliklarning videolari tarqalmoqda. Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonda boʻlib turgan Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz oʻzbek matbuoti vakillarining bu boradagi savollariga javob berdi.

“Ha, bu haqidagi barcha gaplarni bugun Oʻzbekistonning tegishli masʻʻullari, doʻstlarimiz bilan gaplashib oldik. Har bir mamlakat oʻz xavfsizligiga eʻʻtibor qaratishi kerak. Ammo bu tadbirlarni qilarkanmiz, vatandoshlarmiz, qardoshlarimiz muammolarga duch kelmasligi lozim. Bu mavzuda tegishli masʻʻullar bir-birlariga juda yaqin suhbatlashib, bu mazvularni oʻzaro gaplashib, savollar va shikoyatlarga juda qisqa vaqtda javob topadi”, - dedi u.

Mavzuga aloqador