Qirgʻiziston Raqamli rivojlanish vazirligi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xati asosida mamlakatda TikTok ijtimoiy tarmogʻiga kirish cheklanishini maʻʻlum qildi.

Qirgʻizistonda TikTok ijtimoiy tarmogʻiga kirish cheklanadi. Bu maʻʻlumotni Raqamli rivojlanish vazirligi matbuot xizmati tasdiqladi.

Avvalroq ayrim OAV mamlakatdagi barcha internet-provayderlarga Aloqa sohasini tartibga solish va nazorat qilish xizmatidan Qirgʻizistonda TikTok axborot xizmatiga kirishni cheklash hamda 18 aprelga qadar yozma ravishda javob berish soʻralgan xat yuborilgani haqida xabar bergan edi.

Vazirlik ushbu choralar Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xati asosida amalga oshirilayotganini maʻʻlum qildi.

Qarorga TikTok tomonidan Qirgʻizistonning “Bolalar salomatligi, ularning jismoniy, intellektual, aqliy, maʻʻnaviy va axloqiy rivojlanishiga zarar etkazilishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qonuniga rioya etilmagani asos boʻldi. Qonunda bolalar salomatligi va rivojlanishiga zarar etkazuvchi axborot turlari belgilangan”, deya maʻʻlum qildi Raqamli rivojlanish vazirligi.

Qirgʻiz hukumati 2023 yil avgust oyida TikTok`ni taqiqlashga uringan, keyinroq tegishli xizmat rahbari hozircha ijtimoiy tarmoq bloklanmasligiga ishontirgan edi.

Mavzuga aloqador