Turkiya qirgʻoqlarida Gretsiyadan shishirma qayiqda majburan chiqarib yuborilgan 57 nafar noqonuniy muhojir qutqarildi.
Turkiya qirgʻoq xavfsizligi xizmati mamlakat gʻarbidagi Izmir viloyatining Menderes tumani qirgʻoqlarida bir guruh muhojirlar qutqarilganini maʻʻlum qildi. Muhojirlar shishirma qayiqlarda Gretsiya sohillariga etib borishga harakat qilgan. 
Shuningdek, Dikili tumani qirgʻoqlari yaqinida ham qirgʻoq qoʻriqlash xodimlari shishirma qayiqda dengizga chiqqan 43 nafar chet ellik noqonuniy muhojirni qoʻlga oldi. Migrantlar viloyat migratsiya boshqarmasiga olib ketilgan.
Qayd etilishicha, ular Gretsiya qirgʻoq qoʻriqlash xizmati tomonidan Turkiya hududiy suvlariga surib yuborilgan.
“Gretsiya harbiylari Evropa Ittifoqi qirgʻoqlariga etib borishga urinayotgan noqonuniy muhojirlarga qarshi zoʻravonlik harakatlarini amalga oshirib, xalqaro gumanitar qonunlarni buzishda davom etmoqda”, - deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador