Dinsiz ham axloqli boʻla olamizmi? Sekulyar dunyoda ushbu savol juda koʻp beriladi. Soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, mazkur savolning javobi uning kimdan soʻralishiga bogʻliq: insoniyatning kambagʻal va dindor boʻlgan aksariyat qismi uchun javob – yoʻq; boylar, dunyoviylashgan ozchiliklar yoki tajovuzkor sekulyar rejimlar tomonidan miyasi yuvilganlar uchun esa javob odatda – ha.

Toledo universiteti (AQSh) falsafa boʻlimida islomshunoslik kafedrasi mudiri, Yaqeen islomshunoslik instituti bosh muharriri va Ummatics institutining asoschisi Ovamir Anjum maqolasida.

Yolgʻon gapirish, hayvonlarni qiynab, ularga azob berish, begunoh odamlarni oʻldirish yoki ularga zarar etkazish yomon amallar sirasidan. Mehribon va xayrixoh, mamnun, mard, sabrli, adolatli va dono boʻlish esa yaxshi amallardan. Mazkur tamoyillar axloq yoki etika deb ataladi hamda Qurʻʻon va paygʻambarlik taʻʻlimotlarida xuluq (birlikda) yoki axloq (koʻplikda) deb yuritiladi.

Barcha madaniyatlar yaxshi fazilatlar va amallarni qandaydir bir elementar shaklda tan oladi. Biroq real hayotda ham, falsafiy fikrlashda ham odamlar nima yaxshi ekanligi toʻgʻrisida oʻzaro ziddiyatga boradilar. Baʻʻzilar rahm-shafqatni adolatdan ustun qoʻyishsa, baʻʻzilar esa barchaga, hatto kuchlilarga nisbatan ham kechirimlilik va tinchliksevarlikdan vaʻʻz qilishadi. Boshqalar boʻlsa toʻliq erkinlikni nazarda tutsa hamki, tenglik uchun kurashadi yo boʻlmasa aksi. Yana boshqa toifa hayotdan koʻra tanlovni afzal biladi. Baʻʻzilar oʻlchovli baxtni maksimal darajada oshirish tamoyili bilan yashasa, baʻʻzilar esa bu mavhum dunyoda lahzaning oʻzidagina qoniqib yashashga ishonishadi. Umuminsoniy axloqiy turtki bizni axloqiy imperativlarning (buyruqlarning) mustahkam binosi bilan taʻʻminlash oʻrniga, tuganmas xilma-xillik va kelishmovchiliklar keltirib chiqaradi. Vaziyatni yanada murakkablashtirgan holda, dunyo munozara uchun muzey yoki seminar xonasi emas, balki yaxshilik va yomonlik oʻrtasidagi jang maydoniga aylanadi – yovuzlik gʻoliblari har doim ochkoʻzlik, magʻrurlik va oʻz-oʻziga topinish orqali boshqalarni oʻzgartirishga, ularning ustidan hokimlik oʻrnatishga va aldashga intiladilar, shu tariqa yomonlikni yaxshilik, yaxshilikni yomonlik deb nomlash orqali nafsimizni, idrokimizni va hatto tilimizni buzadilar. Shunday qilib, yaxshi boʻlish uchun bizdan nafaqat intellektual (aqliy) tanlov qilish, balki haqiqat va ezgulikka sodiqlik hamda kurashish talab qilinadi.

Zamonaviy muammolar: fikriy va iqtisodiy imperializm va iqlim oʻzgarishi

Dinsiz ham axloqli boʻla olamizmi? Sekulyar dunyoda ushbu savol juda koʻp beriladi. Soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, mazkur savolning javobi uning kimdan soʻralishiga bogʻliq: insoniyatning kambagʻal va dindor boʻlgan aksariyat qismi uchun javob – yoʻq; boylar, dunyoviylashgan ozchiliklar yoki tajovuzkor sekulyar rejimlar tomonidan miyasi yuvilganlar uchun esa javob odatda – ha.

Odamlarning axloqiy uslublari ham turlicha. Global shimolning badavlat odamlari korporativ axloq deb atash mumkin boʻlgan narsa: inson asos solgan tashkilotlarda ishlash uchun zarur boʻlgan shaxslararo koʻnikmalar, masalan, oʻz vaqtida kerakli joyda boʻlish, haqiqatni aytish va shaffoflik (boshqaruv jamiyati ehtiyojlariga muvofiq) kabilarga yaxshi amal qilishadi. Bu xuddi ota-ona va oila rishtalarini hurmat qilish, saxovatlilik kabi oilaviy va jamoaviy fazilatlar namoyon boʻladigan anʻʻanaviy xalq feʻʻl-atvoriga oʻxshaydi. Shuningdek, mustamlakachilik va tugab bitgan siyosiy va iqtisodiy tartiblar tufayli vayron boʻlgan mintaqalarda yashovchi odamlar oʻzaro ishonchning pastligi, beadablik va omon qolish zarurati tufayli axloqiy xulq-atvorga shikast etkazadilar. Etika haqidagi bunday soʻrovlar muhim va tizimli haqiqatlarni koʻzdan panalaydi. Birinchidan, dunyoning sekulyar rahbarlari ezgulik deb hisoblanadigan narsalarni oʻzgartirdilar va oʻzgartirishda davom etmoqdalar. Ommaning idroki ular tomonidan asosan tashviqot orqali shakllantirilib, oʻzgartirib boriladi.  Masalan, bundan atigi bir asr ilgari ota-onaga xizmat qilish Evropa va Islom olamidan to Xitoy va Hindistongacha – butun dunyoda eng muhim axloqiy fazilatlardan biri sanalgan. Bugun sekulyar, liberal jamiyatlar bu fazilatdan, garchi illatga aylantirmagan boʻlsalar ham, voz kechishgan. Xuddi shunday, toki zamonaviy kapitalizm buni ham fazilat, shu bilan birga zarurat deb hisoblay boshlagunga qadar ochkoʻzlik hamma vaqt yovuzlikning eng yomon koʻrinishi hisoblangan, sudxoʻrlik yoki ulush olish esa hazar qilinadigan jinoyat sifatida barcha tamaddunlar va butun tarix davomida qoralangan edi.

Bu iqtisodiy ekspluatatsiya va kuchayib borayotgan tengsizlikdan ham chuqurroq muammoga ishora qiladi: bu bizning toʻgʻrilik va notoʻgʻrilik tushunchamiz elita tomonidan ommaviy ravishda nazorat qilinishini anglatadi. Men buni epistemik (fikriy) imperializm deb atayman, yaʻʻni maʻʻlum bir asosiy global institutlar tomonidan bilim ishlab chiqarish, maʻʻno va qadriyatlarni mustamlaka etish. 1980 yillar – globalizm kuchayganidan beri – bu institutlar endi shunchaki “Gʻarb” emas, balki butun dunyoda odamlarning katta qismiga qarshi birlashib, global janubdagi oʻta boy “global” elitani ham oʻziga qamrab oldi.

Axloq va mafkuralar haqidagi bahslarning odatda oxiri koʻrinmaydi. Muvaffaqiyatli dunyo hukmdorlari, zamonaviy, dunyoviy, demokratik va boy global Shimolning xulq-atvorini baholashning ilmiy, empirik usuli mavjudmi? Shunchaki kim haq ekanini koʻrish uchun oʻzgarishga fursat tugaydigan vaqt – oxiratni kutishimiz kerakmi? Iymon bu sinovning bir qismi, shu bois ham maʻʻlum maʻʻnoda u orqali Alloh rahm-shafqat bilan muayyan ogohlantirishlar yuboradi. Zamonaviy sekulyar turmush tarzidagi axloqiy inqirozning eng katta belgisini zamonaviy empirik fanlarning oʻzi taklif qilishi bejiz emas: iqlim oʻzgarishi. Keling, bir misolni koʻrib chiqamiz. Ota-onalar qoʻllaydigan tarbiyaning koʻplab uslublari mavjud: anʻʻanaviy va zamonaviy, avtoritar, yumshoq, qattiqqoʻl, mehr berishga moyil yoki intizomga asoslangan. Tasavvur qiling-a, agar ota-onalar farzandlari yashashi mumkin boʻlgan yagona uy-joyni, uning har bir gʻishtidan mebeligacha qasddan va hecham oʻylab oʻtirmay ochkoʻzlik bilan sotib, sarf qilib yuborsalar, ularning yosh bolalari och qolib, koʻchada tilanchilik qilishga majbur boʻladi yoki vafot etadi. Barcha tomonlar bu chindan ham gʻalati tarbiya usuli ekanini tan olishlari aniq. Zamonaviy ilm-fan bizga aytadiki, dunyoviy, kapitalistik hayot tarzi dunyo uchun aynan shunday ota-ona boʻldi. Cheksiz adaddagi ilmiy maqolalar, kitoblar va hujjatli filʻmlar yaqinlashib kelayotgan ekologik halokatdan xabar bermoqda. Tasvirni aniqroq koʻrish uchun uchta jihatni belgilab olmoq lozim:

•             XIX asrdagi sanoat inqilobidan beri 200 yil ichida odamlar tabiiy jarayonlar orqali 200 million yil davomida er yuzida toʻplangan deyarli barcha qazilma yoqilgʻilarni isteʻʻmol qildilar. Atmosfera uglerodining hamda oʻrmonlarning kesilishi va turlarning yoʻq boʻlib ketishi koʻrsatkichlari bu davrda beqaror “xokkey tayoqchasi” shaklini oldi.

•             konservativ hisob-kitoblarga koʻra, butun aholining qariyb 5 foizi dunyo resurslarining 35 foizini isteʻʻmol qiladi. Bu shuni anglatadiki, agar biz barchamiz zamonaviy gʻarbliklar singari hayot kechirsak, er yuzidagi odamlarning 80%iga boshqa sayyora kerak boʻlib qolardi. Shuning oʻzi ham sekulyar zamonaviylik butun xalqlar, mintaqalar va madaniyatlarni ommaviy ravishda yoʻq qilish yoʻli ekaniga ishora etadi.

•             bunga asosiy aybdor aholining oʻsishi emas, balki turmush tarzidir. Buni tushunish uchun 1890 yildan boshlab bir asr davomida dunyo aholisi 4 barobarga, lekin suvdan foydalanish 9, jahon iqtisodiyoti 14, energiya isteʻʻmoli esa 16 barobarga  koʻpayganiga diqqat qaratish kerak.

Bularning barchasi sekulyar zamonaviylik – XIX asr, aynan Gʻarb aholisi zamonaviy qadriyatlarni qabul qila boshlagan vaqtdan boshlab – Er sayyorasini oʻldirganini koʻrsatadi. Dunyoning kambagʻal ommasi, jumladan, musulmonlarning aksariyat qismiga modernizatsiya va dunyoviylashtirish uchun bosim oʻtkazilayotgan bir pallada etakchi olimlar va tadqiqotchilar, umumiy aytganda, tarixga aylanayotgan anʻʻanaviy, jamoaviy va altruistik axloq insoniyatning omon qolishi uchun zarurligini taʻʻkidlamoqdalar.

Bularning hammasi shunchaki erning moddiy tarzda yoʻq boʻlib ketishi bayoni edi: biz hali Xudoga boʻlgan ishonchni yoʻqotish, ruhiy va psixologik inqirozlar, hayot va ezgulikning maʻʻnosi haqidagi chuqurroq muammolarga yuzlanganimiz yoʻq. Alloh taolo Qurʻʻoni karimda vaʻʻda qilganidek, bu ikkisi bir-biriga qattiq bogʻlangan: “Kim Mening zikrimdan yuz oʻgirsa, uning hayoti tor boʻlur. Biz uni qiyomat kunida koʻr holida tiriltirurmiz” (Toha surasi 124 oyat).

Davomi bor.

Mavzuga aloqador