Turkiya Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi daʻʻvosiga koʻra, Xalqaro Adliya sudiga taqdim etilgan Gʻazo sektoridagi genotsid ishida ishtirok etishga qaror qildi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan Anqarada indoneziyalik hamkasbi Retna Marsudiy bilan oʻtkazgan qoʻshma matbuot anjumanida aytib oʻtdi.

Fidan Turkiyaning bu jarayonga yangi davlatlarning qoʻshilishi borasida barcha doʻst va ittifoqchi mamlakatlar bilan oʻzaro hamkorlikni davom ettirishini qoʻshimcha qildi.

Vazirning taʻʻkidlashicha, hozirda 136 ga yaqin davlat Falastinni tan oladi, biroq Evropa davlatlari va Qoʻshma Shtatlar maʻʻqullamagani sabab Falastin maqomi BMT Xavfsizlik Kengashida roʻyxatga olinmagan. 

Turkiya diplomatiyasi rahbari xalqaro hamjamiyatni Gʻazoda sodir boʻlayotgan voqealarga nisbatan harakatsizligi uchun tanqid qildi.

Jumladan, XXI asrda Gʻazo sektorida odamlar ochlikdan oʻlayotgan, Isroil armiyasi chekingan joylarda ommaviy qabrlar, tinch aholi, jumladan, ayollar, bolalar, kasallar topilayotganda ham kutayotganiga eʻʻtiroz bildirdi.

Vazirning taʻʻkidlashicha,  hech bir qonun Isroilning Falastin xalqini oʻz yurtlaridan quvib chiqarish rejalarini qabul qilmaydi. 

“Biz tanlov oldida turibmiz. Yoki qonun va insoniylikni himoya qilamiz yoki barchamiz Isroil zulmining badalini toʻlaymiz”, dedi u.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil 29 dekabrda Janubiy Afrika Gaagadagi Xalqaro sudga Genotsidning oldini olish toʻgʻrisidagi konventsiyani buzganlik uchun Isroilga qarshi daʻʻvo arizasi bilan chiqqan. 2024 yil 3 yanvarda Turkiya Janubiy Afrikaning harakatini olqishlab bayonot berdi.
Avvalroq shunga oʻxshash arizalar Nikaragua va Kolumbiya tomonidan taqdim etilgan. Sud hozircha ushbu murojaatlarni qanoatlantirish yoki qanoatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgani yoʻq.

Mavzuga aloqador