“Krokus” voqealaridan soʻng Rossiyada islomofobiya va tojiklarga qarshi nafrat hodisalari ortishi ortidan tojikistonliklar ommaviy ravishda Rossiyaga safarlarini bekor qilmoqda. Rossiya aviakompaniyalari yoʻlovchilar oqimi keskin kamaygani sababli Tojikistondan RFga parvozlar sonini qisqartirmoqda.

Rossiya aviakompaniyalari yoʻlovchilar oqimi keskin kamaygani sababli Tojikistondan Rossiyaga parvozlar sonini qisqartirmoqda, deb xabar bermoqda “Aziya-Plyus”.

Nashrning qayd etishicha, “Krokus Siti Xoll”dagi terakt munosabati bilan respublika fuqarolari Rossiyaga aviachiptalarni faol ravishda qaytarishmoqda.

Somon Air aviakompaniyasining nashrga maʻʻlum qilishicha, aviachiptalarning oʻrtacha 20 foizi qaytarilmoqda. Qolaversa, yoʻlovchilar soni kam boʻlgani uchun davlatlar oʻrtasidagi reyslar soni ham qisqaradi.

Misol uchun, “Uralʻskie avialinii” aviakompaniyasi oʻz jadvali boʻyicha Rossiyaga faqat bitta reysni qoldirdi, bungacha esa haftasiga uchta reysni amalga oshirayotgan edi.

Avvalroq Rossiya Davlat dumasi islomofobiya va tojiklarga fobiya qoʻzgʻatishni toʻxtatishga chaqirgandi.

Mavzuga aloqador