AQShning Starbucks kompaniyasining bozor qiymati investorlarning savdo hajmi kamayishidan xavotirda ekanliklari ortidan  20 kun ichida 12 milliard dollardan koʻproqqa pasaydi.

Kompaniya aktsiyalarining sotilishi sezilarli darajada sekinlashgani sababli bir kun ichida aktsiyalar narxi 1 foizga arzonlashdi va kompaniyaning 1992 yildan buyon ommaviy sotilayotgan hissalari 12 kun ichida eng katta pasayishni qayd etdi.

Shunday qilib, Starbucks`ning bozor qiymati 20 kun ichida 12 milliard dollardan koʻproqqa kamayib, 110 milliard dollardan pastga tushdi.

Kompaniya AQShning oʻzida ham katta qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. 16 noyabrʻ kuni mamlakatdagi yuzlab filiallar xodimlari mehnat sharoitlarini yaxshilash talabi bilan ish tashlashga chiqdi. Oʻz mijozlariga chegirmali mahsulotlar taqdim etilgan “Qizil kubok kuni” minglab ishchilar ish tashlaganidan buyon kompaniya aktsiyalari oʻz qiymatining 10 foizdan ortigʻini yoʻqotdi.

Boshqa tomondan, Starbucks ishchilar kasaba uyushmasining X ijtimoiy tarmogʻida "Falastin bilan birdamlik!" chaqirigʻi sababli kompaniya sudga murojaat qilishini bildirgani mojaroni avj oldirdi. Kompaniyaning ushbu qarori ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralar bilan bir qatorda, qator boykotlarga ham sababchi boʻldi.

Shu bilan birga, Starbucks bosh ijrochi direktori Laksman Narasimxon Morgan Stanley global isteʻʻmolchilar va chakana savdo konferentsiyasidagi taqdimotida Xitoyda sotuvlar tiklanishi kutilgandek boʻlmaganini aytdi.

Tahlilchilar Xitoyning Luckin Coffee qahvaxonalar tarmogʻining kuchli talab bilan tez surʻʻatlarda oʻsayotgani mamlakatda Starbucks uchun raqobat bosimini yuzaga keltirganini taʻʻkidlamoqda. Shu bilar birga, Luckin`ning Xitoydagi muvaffaqiyati boshqa qahvaxonalar zanjirlarining ham ushbu bozorga eʻʻtibor qaratishlari AQSh kompaniyasini qiyin ahvolga solib qoʻyishi taʻʻkidlandi.

Mavzuga aloqador