Saudiya Arabistoni Isroil bilan munosabatlarini normallashtirgan va bundan hech narsa yoʻqotmagan BAA va Bahraynni koʻrib taskin topsa, boshqa tomondan, Qirollik musulmon dunyosida muqarrar ravishda katta obroʻsini yoʻqotishini yaxshi biladi. Shu jihatlarini eʻʻtiborga olgan holda, Falastin mustaqilligini tan olish sharti bilan Isroil oʻrtasida munosabatlarni normallashtirishga kelishib oldi.

gʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻgʻ

HAMAS 7 oktyabrda Isroilga hujum qilmasidan avval Saudiya Arabistoni Eron tajovuzidan himoyalanish va AQShning toʻliq himoyasi ostiga oʻtishini koʻzda tutuvchi muhim muzokaralarni olib borayotgan edi. Bu haqda Qora dengiz strategiya instituti (BSSI) tahlili eʻʻlon qilindi.

Unga koʻra, Saudiya Isroilni tan olishi, Qoʻshma Shtatlar esa Ar-Riyodga katta hajmda qurol-yarogʻ sotishi, yadro dasturining toʻlaqonli tsiklini ishga tushirishi kerak edi. Biroq Gʻazodagi vaziyat muzokaralarni muzlatib, Saudiyani “bir-biridan xavfli” ikki tanlov qarshisida qoldirdi.

Agar Isroil Saudiya Arabistoni tomonidan tan olinsa va ular oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilsa, Qoʻshma Shtatlar harbiy shartnoma tuzishga tayyor edi.

Saudiya Arabistoni, bir tomondan, Isroil bilan munosabatlarini normallashtirgan va bundan hech narsa yoʻqotmagan BAA va Bahrayn misolini koʻrdi. Boshqa tomondan, Qirollik Fors koʻrfazining mitti davlati emasligini va musulmon dunyosida muqarrar ravishda katta obroʻsini yoʻqotishini yaxshi bilgan holda, Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishga oldindan kelishib, Falastin mustaqilligini tan olish shartini qoʻydi.

Mazkur muzokaralar sekin boʻlsa-da davom etayotgandi, ammo 7 oktyabrʻ voqealari roʻy berdi. Isroilning Gʻazoda oʻn minglab falastinliklarning oʻlimiga sabab boʻlgan va bugungi kungacha tugamagan toʻlaqonli urush koʻrinishidagi javobi Saudiya Arabistonini bu boradagi barcha muzokaralarni muzlatib qoʻyishga va Gʻazodagi urushga qarshi chiqishga majbur qildi.

Keyinroq esa Damashqdagi konsullik bilan bogʻliq aprelʻ oyidagi voqea sodir boʻldi va Eronning bunga kechikkan javobi hech qanday natijasiz yakunlandi. Bu muvaffaqiyatsizlikning sabablaridan biri aynan Saudiya Arabistoni boʻlib, u parda ortida razvedka xizmatlari orqali Isroilga etarlicha qimmatli razvedka maʻʻlumotlarini taqdim etdi va bu Isroilga Eron zarbasini yoʻqqa chiqarishda katta yordam berdi.

Tehron Isroilga Eron zarbasini qaytarishga yordamlashgan barchani “hisobga olib qoʻygani”ni rasman eʻʻlon qilib, qasos olishga vaʻʻda berdi.

Aynan shu tahdid hozirda AQSh va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi muzokaralarni "muzlatib qoʻydi", ammo Qirollikni qiyin, “bir-biridan yomon” tanlov qarshisida qoldirdi.

Saudiya Arabistoni tub aholisining taxminan 16 foizi (oltidan bir qismi) shialar boʻlib, ular eronparast hisoblanadi va bu kayfiyat diniy rahnamolarning muntazam ravishda qatl qilinayotgan bir paytda asli yoʻqolgani yoʻq. Aholining bunday foizi mamlakatni beqarorlashtirish uchun juda etarli va Saudiya hozircha shialarni na armiyaga, na razvedka xizmatlariga yaqinlashtirmaslik, Saudlar qirollik xonadonida lobbi yaratishlariga yoʻl qoʻymaslik hisobiga bu balodan qutilib turibdi.

Ayni paytda allaqachon Eronning “viloyatlari”ga aylangan hamda “Humayniy” loyihasi amalga oshirilayotgan Suriya, Livan va boshqalar davlatlardagi shia aholisi foizi hali kamroq. AQSh himoyasisiz, 1932 yilda paydo boʻlgan, qisman sunʻʻiy davlat hisoblangan Saudiya Arabistoni shialarning jamlangan hujumiga dosh bera olmasligi mumkin, ayniqsa arab dunyosidagi baʻʻzi sunniylar Saudiya Arabistonini emas, balki Eronni qoʻllab-quvvatlasa.

Ammo Saudiya Arabistoni maʻʻlum shartlar asosida Isroilni tan olish evaziga AQSh himoyasini qabul qilsa, bu muqarrar ravishda butun dunyo musulmonlari nazariga tushadi - va muqaddas Makka va Madina shaharlari 1925 yilda zoʻravonlik yoʻli bilan mamlakat tarkibiga qoʻshib olinganini eslaydiganlar topiladi. Va yana Saudlar oilasidagi ichki norozilik ham garchi uyquda boʻlsa-da markazdan qochma tendentsiyasini saqlab turibdi.

Hozircha qirollik muzokaralarga yangi qoʻshimcha shart – Gʻazodagi urushni zudlik bilan tugatish sharti bilan qaytishga tayyorligini bildirgan, bunga Isroil, albatta, rozi boʻlmaydi.

Uzil-kesil siyosat obʻʻektiga aylangan va “Eronga yutqazib, yolgʻiz qolish” yoki “Isroilni tan olib, sharmanda boʻlish” oʻrtasidagi tanlov oʻrtasida qolgan Saudiya Arabistonining holati dunyo maydonidagi Qirollik maqomini allaqachon sezilarli darajada pasaytirdi, biroq muzokaralar hali-veri tugashi dargumon.

Mavzuga aloqador