Isroil matbuoti Eronning Isroilga uyushtirgan hujumlarini qaytarish xarajatlari 1,35 milliard dollarni tashkil etganini maʻʻlum qildi.

Isroil matbuoti Eronning uchuvchisiz uchoqlari, qanotli va ballistik raketalar bilan uyushtirgan hujumini qaytarish xarajatlari Isroil iqtisodiyotiga 1,35 milliard dollar zarar keltirganini xabar qildi.

“Ediot Axaronot” gazetasida chop etilgan maqolada 14 aprelga oʻtar kechasi Isroilning mudofaa xarajatlari 4-5 milliard shekelni (1,08-1,35 milliard dollar) tashkil etgani taxmin qilinmoqda.

Bu raqam faqat Eron tomonidan uchirilgan raketalarni urib tushirish uchun sarflangan mudofaa xarajatlari ekanligiga eʻʻtibor qaratgan Aminax raketa tushgan joylardagi zarar bu raqamga kiritilmaganini maʻʻlum qildi.

Xabarda Isroil tomonidan ishlab chiqilgan Arrow ballistik raketalarga qarshi tizimning har bir uchirilishi 3,5 million dollarga tushgani, Eron dronlarini urib tushirish uchun havoga koʻtarilgan samolyotlarning ham alohida xarajati borligi qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, 14 aprelga oʻtar kechasi Eron Isroilga 200 dan ortiq uchuvchisiz uchoqlar, qanotli va ballistik raketalar uchirdi. Ularning aksariyati Isroil havo hududidan tashqarida – asosan Iordaniya havo kengliklarida urib tushirilgan. Faqat ayrim ballistik raketalargina Isroil hududiga etib borgani, biror juda oz miqdorda zarar etkazgani aytildi.

Mavzuga aloqador