Bombalanayotgan Gʻazo: 243-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 243 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

Bosqinchilar Nusayrat, Magʻozi, Bureyj qochqinlar lagerlari, Xon Yunis va Rafah shaharlari hamda az-Zaytun viloyatiga shiddatli hujumlar uyushtirdi. Kun davomida fashistlar 7 marta qirgʻin qilishdi, 71 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 36550 kishi shahid boʻldi.

 

Gʻazo qarshilik jangchilari Rafah gʻarbida bosqinchilarga hujum qildi. Dushman texnikasi yoʻq qilindi.

 

Gʻarbiy Sohilda erta tongdan 700 dan ortiq koʻchmanchilar harbiylar koʻmagida Talmud marosimlari oʻtayotgan Al-Aqso masjidiga bostirib kirishdi.

 

Jeninda qarshilik jangchilari bosqinchilar bilan jangga kirishdi.

 

Hizbulloh bir kunda bosqinchilarga qarshi 10 ta amaliyot oʻtkazdi. Al-Malikiya obʻʻektidagi bir guruh askar yoʻq qilindi, Shebaa fermasidagi Zabdin kazarmalari, Liman bataloni va Temir gumbaz radarlariga hujum qilindi.

 

Sloveniya Falastinni tan oldi. "Bu Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektoridagi Falastin xalqiga umid bagʻishlaydi", dedi Sloveniya Bosh vaziri.

 

AQSh Kongressining Vakillar palatasi XJCga nisbatan sanktsiyalar qoʻllashga ruxsat beruvchi qonun loyihasini maʻʻqulladi.

 

️Human Rights Watch: Isroil harbiylarining Livan janubiga transchegaraviy hujumlarda oq fosforli oʻq-dorilardan keng foydalanishi tinch aholini jiddiy xavf ostiga qoʻyadi.

 

Bosqinchi askarning intervʻyusi: Gʻazodagi janglarda qatnashgan vaqtimda 30 ta uyga kirdim, birorta ham Masjidi Aqso surati boʻlmagan uy yoʻq edi.

 

Mavzuga aloqador