Terakt sodir etilgan Krokus Siti Xoll binosi.

Moskvaning Basmanniy sudi Krokus Siti Xoll koʻngilochar markazida sodir etilgan teraktda avval hibsga olingan gumonlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi qoʻllash haqidagi tergov soʻrovini koʻrib chiqishni yakunladi.

Sudga keltirilgan toʻrt nafari ham Tojikiston fuqarolari – Dalerjon Barotovich Mirzoev, Saidakrami Murodali Rachabalizoda, Muhammadsobir Zokirjonovich Fayzov va Shamsidin Fariduni.

Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, guruh rahbari Dalerjon Mirzoev hisoblanadi.

Sud majlisida maʻʻlum boʻlishicha, 32 yoshli Mirzoev asli tojikistonlik boʻlib, uning Novosibirskda uch oylik roʻyxatdan oʻtish muddati tugagan. Oilali, toʻrt farzandi bor, kattasi 2018 yilda tugʻilgan. Doimiy ishi boʻlmagan.

Dalerjon Mirzoev ishtirokidagi majlis ochiq tinglov “tergov sirlari oshkor etilishiga olib kelishi” hamda “jarayon ishtirokchilari va ularning yaqinlarining xavfsizligiga tahdid solishi” mumkinligi sababli matbuotga yopiq oʻtkazildi. Ayblanuvchi savollarga tarjimon yordamida javob bergan.

Majlisda Saidakrami Rachabalizoda ham tarjimon yordamida muloqot qilgan. U 30 yoshda, uylangan, farzandi bor. Ayblanuvchining soʻzlariga koʻra, u Rossiyada roʻyxatdan oʻtgan, biroq qaerda ekanligini eslolmagan.

Saidakram Rachabalizodani hibsga olish chogʻida qulogʻining bir boʻlagi kesib tashlangan.

U Tojikiston fuqarosi boʻlib, Podolskda roʻyxatga olingan, 2018 yilda sud uni mamlakatda boʻlish muddati 90 kundan oshib ketgani sababli 5 ming rublʻ miqdorida jarimaga tortgan va Rossiya Federatsiyasidan “nazorat ostida mustaqil chiqib ketish”ni tayinlagan.

Ushbu sud majlisi ham yopiq eshiklar ortida oʻtdi.

Terakt sodir etishda gumon qilinayotgan Muhammadsobir Fayzov

Muhammadsobir Fayzovni sud zaliga jonlantirish boʻlimidan katalkada (gʻildirakli yotoq) olib ketishdi.

U 19 yoshda, boʻydoq, farzandi yoʻq. Tojikiston fuqarosi. Ivanovo viloyatida sartarosh boʻlib ishlagan, yanvarʻ oyida ishdan boʻshagan. Hibsga olish vaqtida chap koʻzidan jarohat olgan.

Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, terakt paytida odamlarning oʻldirilishi aks etgan videoni aynan Fayzov yozib olgan, keyinchalik uni “Islom davlati” terrorchilari bilan aloqador boʻlgan agentlik eʻʻlon qilgan.

Ushbu sud majlisi ham yopiq tarzda oʻtkazildi.

Terakt sodir etishda gumonlanayotgan Shamsidin Fariduni.

Toʻrtinchi ishtirokchi Shamsidin Fariduniydir. U 25 yoshda, uylangan, sakkiz oylik farzandi bor. Tojikiston fuqarosi, Podolʻskdagi parket zavodida ishlagan, Krasnogorskda roʻyxatdan oʻtgan. Toʻrt ayblanuvchidan bittasi rus tilini biladi va tarjimon yordamisiz muloqot qila oladi.

U oʻz aybini tan oldi.

Sud majlisi matbuot uchun yopiq tarzda oʻtkazildi.

Toʻrt nafari ham bir guruh shaxslar ishtirokida terrorchilik harakati sodir etganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Ular tergovgacha hibsga olingan.

Avvalroq 11 kishi qoʻlga olingani xabar qilingan edi. Qolgan gumonlanuvchilarning holati hamda teraktga aynan qanday aloqadorligi hozircha nomaʻʻlum.

Eslatib oʻtamiz, 22 mart kuni Moskva yaqinidagi Krokus Siti Xolda terakt sodir boʻlgan edi. Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, binoga niqobsiz, kamuflyajdagi toʻrt kishi bostirib kirgan va odamlarni aniq masofadan oʻqqa tuta boshlagan. FSB Moskva viloyatidagi Krokus Siti Xoll binosiga uyushtirilgan hujumda toʻrt kishi ishtirok etgani, ular Bryansk viloyatida qoʻlga olinib, Moskvaga olib ketilgani haqida xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasining soʻnggi maʻʻlumotlariga koʻra, 137 kishi halok boʻlgan.

Mavzuga aloqador