Axir Georgiy lentasi sening ota-bobongni qirgani uchun, bolalarini oʻldirgani, xotinlarni zoʻrlagani uchun mukofot sifatida berilgan, endi hozir uni  sening koʻchangda  targʻib qilsa, sen qanday chidaysan?!” desa, axir bu “Gvardeskaya lenta”-ku deydi. U holda “Gvardeskaya lenta” deb ayt, nima uchun “Georgiy lentasi”, deysan, desam, yana bir narsalar deydi... Tarixchi Shuhrat Barlosning Georgiy lentasi haqidagi mulohazalari.

Talqin qilinishi ham aralashishi hisoblanadi. Nimaga desangiz, siyosatda tarixda qoʻllanish, yaʻʻni ruscha “podobleka” deydi-ku, shuni endi asos qilib olish, biror davlatga urush ochish uchun yo  biror davlatga hududiy daʻʻvo ochishda, tarixan mening erim edi, deyish.

“Kecha mening ota-bobomni oʻldirgan anavi pushkasini Toshkentning qoq markaziga qoʻyib, lekin mening shahid ketganlarim, gʻoziylarim jon bergan ota-bobolarimning bittasini ham nomi yoʻq. Menga alam qilmaydimi, men talab qilaman!” deydigan avlod oʻsib chiqyapti hozir. Lekin katta avlod sovet davridagi mafkura bilan, sovet tushunchasi bilan qolganlar. Hozir, XXI asrda Rossiya Federatsiyasida Skobelevga, general Kaufmanga atalgan katta haykallar turadi. Ular shuni katta sarkarda, rus imperiyasining kuchli generallari, zobitlari sifatida ulugʻlaydi. Ularning qilgan ishi tarixiga qaraydigan boʻlsak, faqat Andijonda 20 ming odam qirgʻin qilgan, Goʻktepada (Turkmaniston hududi) 40 mingga yaqin odam qirgʻin qilgan. General Kaufman bilan Madraimxon II sulh tuzib gaplashayotgan paytda Xivaga qirgʻin bilan kirib kelgan Skobelev. Bizning Oʻzbekiston tariximizda Skobelevning qora izi bor. Hozirgi Margʻilonni qirgan odam oʻsha. Bir vaqtlar hatto uning nomi qoʻyilgan qadim Fargʻona shahrimizga. Mening tariximda uning nomi qora! Lekin men shuni aytishga qoʻrqmasligim kerak. Rossiya Federatsiyasidagi qaysidir bir rus akademigi xafa boʻladi deb, yoki Prezidenti hafa boʻlib qoladi deb, men oʻzimning tariximni soxtalashtirishga haqqim yoʻq. Xudodan koʻrqish kerak, birinchidan. Ikkinchidan, millatning gʻazabidan qoʻrqish kerak.

Koʻpchilik olimlarga aytadiganim, men keskin chiqish yoki keskin talab qoʻyish niyatida emasman. Lekin oddiy oʻzbek sifatida mening tarixim degan masalaga kelgan paytda ularnikini tiqishtiraverma, degan narsa turadi. Chunki mening ota-bobolarimni oʻldirgan, qoni turibdi, olingan joni turibdi  oʻrtada, soni belgili. Hatto shunday voqealar boʻldiki, 1880 yillarda (oʻsha general) oʻzining qoʻli bilan yozgan (hisobotlar asosida) yozilgan entsiklopediyalardan, oʻzim dashnoqlar masalasida maʻʻlumot toʻplash uchun ishlagan RGVA (Rossiya davlat harbiy arxivi)dagi hujjatlardan olib, koʻrsatib, mana turibdi-ku, desangiz ham ishonmaydigan avlod etishib chiqdi. Skobelevning oʻzi aytyapti: “20 ming odamni qirdim Andijonda” deb. Boʻlishi mumkin emas, deb kap-katta oʻzbek odam eʻʻtiroz bildiryapti. Hozirgi kunda Ukrainada koʻzimizning oldida qirgʻin boʻlyapti, lekin yoʻq deydi, bu falʻsifikatsiya deydi. Ukrainaning oʻzi aybdor, Putin toʻgʻri qilyapti, deydi.

Mana tarixni  soxtalashtirishning oqibati nimalarga olib keladi. Yoki “Georgiy lentasi” deymiz. Axir “Georgiy lenta”sening ota-bobongni qirgani uchun, bolalarini oʻldirgani, xotinlarni zoʻrlagani uchun mukofot sifatida berilgan, endi hozir uni  sening koʻchangda  targʻib qilsa, sen qanday chidaysan?!” desa, axir bu “Gvardeskaya lenta-ku”, deydi. U holda “Gvardeskaya lenta” deb ayt, nima uchun “Georgiy lentasi” deysan, desam, yana bir narsalar deydi. Xullas, men unga tushintira olmadim. Buni biz aytsak, yana bosmachining avlodi, diniy ekstremizmda ayblashadi, eng kamida millatchiga chiqarib qoʻyishadi. Bunga biz oʻrganib qoldik.

Mana biz jadidlarimizni oʻzbekning yoʻlboshlovchilari sifatida bilamiz. Bundan tashqari, chet elda ham, Amerikada ham shunday fikrdagi doʻstlarimiz bor. Lekin hujjatlarda koʻrganimizda, otib oʻldirilgan hamma milliy qahramonimizga qoʻyilgan ayblov panturkizm, millatchilik. Masalan, men oʻzim turkman, Turkistonning bolasiman. Shu er mening Vatanim. Oʻzimning vatanimni himoyasiga tursam, dushman sifatida koʻrsatishmoqda. Albatta, ularga dushmanman, lekin xalqimga dushman sifatida, bandit sifatida koʻrsata boshladi. Keyingi jarayonga qaraydigan boʻlsak, mana Qatagʻon qurbonlari muzeyida ramziy bir qabr turibdi. Endi buni ochiq aytish kerak. U erda oʻsha bechoralarning oʻziga qazdirib, otib tashlanmagan, odam koʻmilmagan joyi qolmagan. Barcha shahidlarning qabri oʻsha joy. Qanchadan-qancha begunoh ulamolarimiz, olimlarimiz, shoirlar-u yozuvchilar, hattoki baʻʻzi maʻʻlumotlarga koʻra, milliy ozodlik harakati ishtirokchisi Ibrohim Laqay ham shu erga olib kelinib, shu erda otilgan. Tarix nima uchun yolgʻon gapiradi, kim uchun yogʻon gapiradi?

Qarang, Sovet darida Amir Temurni qonxoʻr qilib koʻrsatish nima uchun kerak edi?  Chunki Stalinning qonxoʻrligini bosish uchun, berkitish uchun. Kallalardan minoralar qurdirdi yoki boshqa gaplar bilan odamlarni qoʻrqitib, odamlarning miyasini monipulatsiya qilib, bu erda Stalinning koʻzimiz oldida qilayotgan ishlarini haspoʻshlash uchun yolgʻon tarix yozildi. Keyingi tarixga qaraydigan boʻlsak, koʻzimiz ochiladigan davrga kelib yana yolgʻon tarixlar va soxtaliklar boshlandi. 1960-70 yillarda Leonid Ilʻich Brejnev, Yuriy Vladimirovich Andropovlar kelib, “oʻzbek ishi” ni boshladilar. Boshqa davlat, boshqa millatlarda oʻgʻrilik yoʻqmidi? Boshqa joyda korruptsiya yoʻqmidi? Aynan Oʻzbekistondan boshladi. 30 mingga yaqin odam qamaldi, bor-budi tortib olindi. Oqibatda, oʻzbek yana aybdor, hammani, hatto armiyada yurgan askar bolalarimizni ruslar oʻldira boshladi.  Bizga “Sen poraxoʻr millat, oʻgʻri millat” degan nom olib keldi. Bu ham tarix. Endi biz buni, yoʻq kecha oʻtib ketdi, deb beeʻʻtiborlik qilmasligimiz kerak. Kecha oʻtib ketmadi. Bu har kuni boʻlishi mumkin. Davlat bor joyda tarix boʻladi, davlat bor joyda hudud boʻladi, davlat bor joyda ehtiyotkorlik kerak boʻladi. Davlat bor joyda xavf boʻlai. Ikkinchi davlat bosib olishi yoki ikkinchi bir davlat qandaydir xurujlar bilan oʻzining taʻʻsirini oʻtkazmoqchi boʻladi. Bu davlatchilikda bor narsa. Biz buni har bitta oʻzbek bolasi bilishi kerak.

Shuhrat Barlos,

tarixchi

Mavzuga aloqador