21.12.2023 14:49

Nima uchun bu mavzuni musulmonlarga taqiqlashdi?

Bilasizmi, sionizm musulmonlarning boshqa ibodatlariga aralashmaydi, ammo gap jihod haqida ketgudek boʻlsa, uni toʻxtatish uchun qoʻlidan kelgan hamma choralarni koʻradi. Bu yoʻlda hatto butun kuchini safarbar qiladi. Xohlagancha namoz oʻqi, roʻza tut, bu bilan ishi yoʻq. Ammo davlat qonunchiligi, davlat boshqaruvi masalalariga Islomni aralashtirmaslikka tirishadi. Shu maqsadda 200 yildan buyon aksiljihod kampaniyasini avj oldirib kelmoqda. Musulmonlarni faqatgina namoz oʻqiydigan qul holiga olib kelishni xohlayapti. Xoʻsh, unday boʻlsa biz nima qilishimiz kerak, degan savol tugʻilishi tabiiy. Huquqshunoslikda bir qoida bor: «Eng kuchli dalil dushmanning oʻz aybini tan olishidir», degan. Xuddi shunga oʻxshab, modomiki dushmanning eng qoʻrqqan narsasi jihod ekan, unda biz aynan jihodga eʻʻtibor beramiz. Aks holda, dunyoda shusiz ham ezilib kelayotganimiz etmagandek, oxiratimizni ham boy berib qoʻyamiz. Bu holatda jihoddan boshqa najot yoʻli, zotan, yoʻqdir.

Abdulhakim Arvosiy hazratlarini insonlarni toʻgʻri yoʻlga boshlamasin, gʻaflat uyqusidan uygʻotmasin deya dastlab boshqa hududlarda sargardon qilmoqchi boʻldilar. Lekin keyinchalik, u erda ham bilganidan qolmaydi va insonlarni jihodga daʻʻvat etadi, deya josuslar hamrohligida bir uyga qamab qoʻydilar. Nazorat ostida boʻlish sharti bilan haftada bir marta havo almashtirgani chiqishga ruxsat berishar edi. Bir kuni tashqariga chiqqanda uyi oldida bozor qurilganini koʻrdi. Aynan shu payt omi bir qishloqi bu nur yuzli odamni koʻrib, kim ekaniga qiziqib soʻrab qoldi. “Bu Abdulhakim Arvosiy”, dedilar. Haligi kishi bu gapni eshitgach, josuslar orasidan qisilib-suqilib oʻtib, u zotning oldilariga bordi va: “Ey muborak zot, bizning ahvolimiz chatoq, shu ummat haqqiga ham duo qilib qoʻying”, dedi. Arvosiy hazratlari unga biroz tikilib turdi, soʻngra bozordagi kishilarga ishora qilib: “Loyiq boʻlmay turib duo qilinmaydi, qilinsa ham qabul boʻlmaydi”, dedi.

Xuddi shunday, dardu gʻami yoʻq, Islomdan uzoq holda hayot kechirgan xalq haqqiga qancha duo qilgan bilan befoyda. Shuning uchun ham Islom dushmanlari jihod mohiyatini anglashimizga va uni hayotimizga tatbiq etishimizga toʻgʻanoq boʻlish uchun qoʻllaridan kelgan barcha razolatlarni qilyaptilar. “Ey birodari aziz, biz-ku, oʻzimizga qolsa jihod qilgan boʻlardik, ammo bunga toʻgʻanoq boʻlishyapti”, deydi koʻpchilik. Albatta, boʻladilar. Ular tarixan yaxshi biladilarki, bizning jihod tafakkurimiz uygʻongudek boʻlsa, qurgan bu botil nizomlari er bilan yakson boʻladi.

Unday boʻlsa qanday harakat qilishimiz kerak? Jihod ibodatini qanday qilib eng munosib shaklda ado etish mumkin? Buning uchun 9 ta narsani yod olishimiz lozim boʻladi. Xoʻsh, bular oʻzi nima ekan, deysizmi? Hozir ularni sanab oʻtaman.

Iymon sohibi boʻlish – chunki iymoni kuchli boʻlmagan inson qiyinchiliklarga bardosh bera olmaydi, koʻngildagidek kurasha bilmaydi.

Ixlos sohibi boʻlish – mansab, maqom, shonu shuhrat ortidan yugurmasligimiz darkor. Riyoyu tamadan uzoq holda, faqatgina Alloh rizosi uchun ter toʻkishimiz kerak.

Ittiqo sohibi boʻlish. Yaʻʻni, Allohdan boshqadan qoʻqrmasligimiz, bizdan fikr soʻralganda tap tortmasdan haqiqatni aytishimiz lozim.

Ittifoq boʻlish – hamkorlikda ish qilayotgan doʻstlarimiz bilan oʻzaro ixtilofga bormasligimiz va tortishib qolmasligimiz darkor. Chunki koʻngilni keng qilish insonning kamolotidan darakdir.

Goʻzal axloq sohibi boʻlish – gʻiybat, mish-mish, hasad, kibr, nafrat va tuxmat kabi illatlardan uzoq turishimiz lozim. Bu esa nafsga qul boʻlish bilan emas, balki uni jilovlash orqali amalga oshadi.

Ehson sohibi boʻlish. Yaʻʻni, zimmamizdagi vazifamizni koʻngildagidek qilib, talabchanlik bilan ado etishimiz kerak.

Maslahatlashib ish qilish – faqat mening aytganim boʻladi, deya oyoq tirab turib olmasligimiz kerak. Buning uchun oʻzaro kengashib olish haqidagi fikrimizni tortinmasdan aytishimiz, irfon sohibi boʻlishimiz darkor. Irfon esa “Mening fikrim ham notoʻgʻri boʻlishi mumkin-ku!” degan fikrdan boshlanadi.

Itoat qilish – qabul qilingan qarorlarni ijro etish borasida boshligʻimizga itoat etishimiz, bu yoʻlda sustkashlikka yoʻl qoʻymasligimiz kerak.

Qatʻʻiyatli, irodali boʻlish – jihod qilayotganda Islomning boshqa amrlari va ibodatlarining hammasini oʻz vaqtida ado etib, ibodatlarni tark qilmasligimiz lozim.

Bularga ilova oʻlaroq sadoqatni ham qoʻshmasak boʻlmaydi. Sadoqat – qiyinchilikka duch kelganda qochmaslik, jozibali koʻringan mansabu manfaatlarga aldanib qolmaslikdir.

Yuqorida sanab oʻtganlarimizga amal qilayotganda yana uchta tayanch haqiqatni esda tutmogʻimiz darkor. Biz ularni “uch ustun” deya nomladik.

Birinchi ustun – Islomsiz saodat boʻlmaydi. Buning nomini “Islom ustuni” deb qoʻydik. Qurʻʻoni karimning eng oxirgi boʻlib nozil qilingan, Moida surasi 3-oyatida bu masalaga ochiq-oydin toʻxtalib oʻtilgan: “...Bugungi kunda men sizning diningizni mukammal qilib berdim, sizga neʻʻmatimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb rozi boʻldim”.

Ikkinchi ustun shuki, ongsiz, aqlsiz musulmon boʻlmaydi. Buni esa “aql ustuni” deb atadik. Aql – toʻgʻri va notoʻgʻrini ajrata olish, botildan uzoq yurib, Haqqa sigʻinish va faqat Unga qochishdir. Namozda oʻqiganlari bilan boshqa amallari mos kelmaganlar aqlsiz va masʻʻuliyatsiz insonlardir. 

Har kuni jami 40 rakat namozning har rakatida Fotihai sharifani oʻqiymiz. Chunki Fotihasiz namoz namoz boʻlmaydi. Xoʻsh, Fotihada nima deymiz? “Gʻoyril magʻduvbi ʻʻalayhim valaddoolliyn”. Janobi Alloh bizga nima uchun har kuni 40 marta bu surani takrorlatadi? Buning maʻʻnosi nima oʻzi? “...Gʻazabga qolganlarnikiga ham emas, adashganlarnikiga ham emas”. Xoʻsh, gʻazabga qolganlar kim ekan unda? Albatta, yahudiylar va sionistlar... Unda adashganlar kimlar? Shubhasiz, xristianlar va xristian imperialistlar... Bu taʻʻriflarni kim aytgan, deysizmi? Kim boʻlardi, Islom olimlari-da!

Sen har kuni namozda qirq marta: “Yo Alloh, meni zinhor yahudiylar va xristianlarning yoʻliga adashtirma!” deysan, ammo salom berib namozni tugatgandan keyin borib: “Men Turkiyani Evropa Ittifoqiga aʻʻzo qilaman”, deysan. AQSh va Isroil bilan strategik hamkor boʻlasan. Naq 11 asr davomida Er yuzida haqni va adolatni himoya qilib kelgan madaniyatni qoʻyib Gʻarbning ortidan yugurasan. Namoz payti Allohga qanday soʻz beryapsan-u, salom berib namozni tugatgach nima qilyapsan?

Sen oʻzi nima deyotganingni bilasanmi, ey musulmon?!

Uchinchi ustun – jihod. Jihodsiz Islom boʻlmaydi. Buni “Jihod ustuni” deb ataymiz. Jihod bu – amri maʻʻruf va nahyi munkar, yaʻʻni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarmoqdir. Bu borada bor kuch va imkoniyatini ishga solmoqdir...

Najmiddin Erbaqon,

Turkiyaning sobiq bosh vaziri