ўзбекистон масжидлари

  • Oʻqituvchilari masjid oldida turgan Oʻzbekiston: yana muallimning vazifasi oʻzgardimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Olmazor tumani xalq taъlimi boʻlimi (XTB) maъnaviyatchi metodisti tumandagi maktablar direktori oʻrinbosarlariga masjidga chiqqan oʻquvchilarning rasmi va u oʻqiyotgan maktab raqamini tashlab berishini soʻragan. Bundan tashqari, u maktablardan ajratilgan "masъullar"ning masjidga borib, huquq tartibot idoralari xodimlariga uchrashishini, oʻsha erdagi faoliyatini "dumaloq video" shaklida yuborishini vazifa qilib bergan. Bunga ham metodist yuqoridagilarning oʻziga tez-tez qoʻngʻiroq qilib, topshiriq ijrosini soʻrayotganini sabab qilib keltirgan. Oldinroq vatandoshlarimiz oʻzlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida kuch ishlatar tizim vakillariga qoʻshilib, 50 ga yaqin oʻqituvchilar ham masjidlar oldida ixtiyoriy-majburiy ravishda postda turgani, ular Allohning baytiga kelayotgan oʻquvchilarni rasmga olib, ortiga qaytarayotgani haqida yozgandi.

    Davomini o'qish...
    360
    07.03.2025 18:00