Umar Muxtor kim?
Umar Muxtor – Sahro arsloni
U qoʻllari temir kishanlar bilan kishanlangan holda, sobit qadamlar bilan, yuzida esa tabassum porlagan holatda dor ostiga kelardi. Bu tabassum vatan oʻgʻlonlariga uning oxirgi salomi edi. Kelayotib ogʻzidan shahodat kalimasi tushmadi. Buyuk shayxning yuzi shahodat bashorati va Allohning qazoi qadariga rozilik rohatidan yal-yal yonardi. Uni dor ostiga olib kelishlari bilan osmonda samolyotlar paydo boʻlib, dor ustida aylanib pastlab ucha boshladi. Maqsad – Umar Muxtor agar biror narsa gapirsa, uni xalqqa eshittirmaslik edi.
Davomini o'qish...01.06.2024 18:00